Tushda zakot, ehson | Тушда закот, эхсон

ZAKOT Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi mol zakoti molining ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar tushida fitr zakotini berayotganini ko‘rsa, namoz o‘qib, tasbih aytishiga va farovonlik topishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Mo‘minlar najot topdilar. Ular namozlarida kamtardirlar (Mo‘’minun, 1 — 2-oyatlar). Agar qarzi bo‘lsa qutiladi, bemor bo‘lsa, shifo topadi, dushmani bo‘lsa g‘alaba qazonadi.
Kirmoniyning aytishicha, kimki mol zakotini berayotganini ko‘rsa, moli joyida bo‘ladi va yo‘q bo‘lmaydi. Rasululloh (s.a.v.) bu haqda hadisda deydilar: Mollaringizni zakot berish bilan asranglar.
Jobirning aytishicha, mol zakotini berayotganini ko‘rsa, molining ziyoda bo‘lishiga dalildir.
Hazrati Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda mol zakotini
berish yetti narsani bildiradi: bashoratni; xayru barokatni; mushkil ishlarning hal bo‘lishini; hojatlarning ravon bo‘lishini; yorug‘likni; g‘amdan qutilishni va boylik ziyoda bo‘lishini.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *