Tushda chachvon, parda | Тушда чачвон, парда

CHACHVON, PARDA (MUQANNA’A) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi chachvon ayollar uchun er, erlar uchun xotin bo‘ladi. Tushida chachvon boshidan tushib ketganini ko‘rsa, eri taloq berishini bildiradi. Tushida qora chachvonni ko‘rsa, eri fosiq odam bo‘lishiga, qizil chachvonni ko‘rsa, eri shari’atni va xursandchilikni yaxshi ko‘rishiga dalildir. Agar ko‘p chachvonni ko‘rsa, eri doimo g‘amda yuruvchi ekaniga dalildir. Agar sariq chachvonni ko‘rsa, eri kasalvand bo‘lishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi chachvon to‘rt narsaga dalildir: xotinga; kanizakka; xodimga; ayollardan yetadigan foydaga.
Agar bo‘z yoki yungdan qilingan chachvonni ko‘rsa, eri solih, porso va dindor bo‘lishiga dalildir.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *