Tushda chang, zarra | Тушда чанг, зарра

CHANG, ZARRA (XABO) Habo — chang va quyosh nurida ko‘rinadigan zarralardir.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi chang va zarralar yomon so‘z va foyda hamda manfaati bo‘lmagan parishon ishlarni bildiradi. Tushida o‘z mulki bo‘lgan biror narsaga chang o‘tirganini ko‘rsa, uning miqdoriga muvofiq mol hosil qilishiga dalildir. Agar yer va osmon o‘rtasida chang to‘planganini ko‘rsa, odam chiqib ketolmaydigan bir yashirik ish o‘sha mavzeda mavjudligiga dalildir. Chunonchi, Haq ta’olo Kalomi Majidda aytadi: Bas, qilib yubordik uni uchib yurgan tuproq kabi (Furqon surasi, 23-oyat).
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushkda hevoda qizil chang va zarralarning paydo bo‘lganini ko‘rsa, o‘sha diyorda bemorlik yuz berishiga dalildir. Agar qora bo‘lsa, musibatga, agar oq bo‘lsa, hechqanday g‘am bo‘lmasligiga dalildir. Tushida yuzi chang bilan qoplanganini ko‘rsa, unga ranj va azob yetishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: U kunda (boshqa bir) yuzlar uzra g‘ubor bo‘lur (Abasa surasi, 40-oyat). Agar uning mulki bo‘lgan zaminda chang borligini ko‘rsa, uning mikdoricha mol hosil qilishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida yuzini chang qoplaganini ko‘rsa, ranj va uqubat yetishiga dalildir. Agar tushida o‘z mulki bo‘lgan yerga chang va tuproq tushganyni ko‘rsa, uning miqdoricha boylik topishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda changni ko‘rish uch narsani bildiradi: birinchi molni; balo va fitnani; Haq ta’olo uqubatini.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *