Tushda chayon | Тушда чаён

CHAYON (KAJDUM) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi chayon zaif dushman bo‘lib, odamlarni ranjitadi va do‘st bilan dushman uning oldida barobardir. Tushida chayon chaqib olganini ko‘rsa, dushman unga qattiq gapirishiga va undan ko‘ngli og‘rishiga dalildir. Tushida chayonni o‘ldirganini ko‘rsa, dushman ustidan g‘alaba qazonishiga dalildir. Chayonni o‘ldirgach, u yana qayta tirilganini va yana unga hujum qilganini ko‘rsa, dushmandan yengishi, dushman yana unga qasd qilishini bildiradi.
Tushida qo‘lida chayon turganini ko‘rsa, odamlarning dilini og‘rituvchi bo‘lishiga odamlarning orqasidan yomon so‘zlashiga, odamlarni bir-biriga qarshi gij-gijlatishiga va fitna qo‘zg‘ashiga dalildir. Suvda pishirilgan yoki qovurilgan chayonni yeganini ko‘rsa, uning mikdoricha dushman molini yeyishiga dalildir. Tushida chayonni og‘ziga solganini va yeb yuborganini ko‘rsa, dushmanni uyiga olib kelishiga, u bilan suhbatdosh bo‘lishiga va o‘tirib-turishiga dalildir. Tushida chayon kiyimi ichida ekanini ko‘rsa, yuqoridagi ta’birga ega.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida chayondan qo‘rqqanini va chayon uni chaqib olganini ko‘rsa, dushmandan zarar topishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, xotini bilan qo‘shilaolmasligiga dalildir. Tushida chayon uning ko‘ylagi ichida ekanini ko‘rsa, dushmandan ziyon yetishiga dalildir. Tushida shalvari ichida chayon borligini ko‘rsa, dushman uning xotini yoki kanizagi bilan buzuqchilik qilishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi chayon uch narsani bildiradi: dushmanni; hasadchini; chaqimchini.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *