Tushda chuqur, o’ra | Тушда чукур, ура

CHUQUR, O‘RA (GAVI ZAMIN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi chuqur makru hiyla bilan qo‘lga kiritiladigan boylikdir. Tushida chuqurga bekinib olganini va u yerdan chiqolmayotganini ko‘rsa, o‘zini bir ishga duchor qilishi va undan qiyinchilik bilan qutilishiga dalildir. Chuqur qanchalik uzun bo‘lsa, ish shunchalik og‘ir bo‘ladi. Tushida ko‘rgan chuqur sardobaga o‘xshagan bo‘lsa, o‘g‘ri uning nimasinidir o‘g‘irlab ketishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida chuqur yoki choh qaziganini ko‘rsa, birovga makru hiyla ishlatishiga dalildir. Tushida kavlagan chuqurdan suv chiqqanini ko‘rsa, makru hiyla bilan biror narsa topishi va uning evaziga hayot kechirishini bildiradi.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘raga tushib ketganini va undan chiqolmaganini ko‘rsa, bir ishga duchor bo‘lgani va undan qutula olmasligiga dalildir. Agar buning aksini ko‘rsa, qutilib ketishiga dalildir.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *