Tushda fo’ta | Тушда фута

FO‘TA (FO‘TA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi fo‘ta va fo‘ta-libos shodlik va osonchilikni bildiradi. Agar tushida fo‘tani paxtadan ekanini ko‘rsa, diniy va dunyoviy rohatiga dalildir. Xususan, yangi va keng bo‘lsa, shundaydir. Agar fo‘ta eski va titilgan bo‘lsa, ta’biri aksincha bo‘ladi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi fo‘ta yaxshi kishilarning libosidir. Agar tushida fo‘ta-libos kiyganini ko‘rsa, tush ko‘ruvchi pokdoman odam bo‘lsa, sirlarining yashirin bo‘lishiga dalildir. Agar tush ko‘ruvchi yaramas bo‘lsa, tavba qilishi va to‘g‘ri yo‘lni izlashiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, agar podshoh fo‘ta-libosni ko‘rsa, adlu insof qilishiga dalildir. Bu tushni qozi ko‘rsa, hukmni to‘g‘ri chiqarishiga dalildir. Bu tushni mushrik ko‘rsa, musulmon bo‘lishiga, fosiq ko‘rsa, tavba qilishiga, o‘g‘ri ko‘rsa, tavba qilib, to‘g‘ri yo‘lni qidirishiga dalildir.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *