Tushda ro’za tutmoq | Тушда руза тутмок

RO‘ZA TUTMOQ (RO‘ZADOShTAN) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushida ro‘za tutganini, tasbeh va tahlil aytib, Qur’on o‘qiyotganini ko‘rsa, gunoh hamda haromdan tavba qilishini bildiradi. Tushida ro‘za tutganini, biroq odamlarni g‘iybat qilib, behayo so‘zlarni aytayotganini ko‘rsa, toatni riyo bilan qilishiga va din yo‘lida sodiq emasligiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushida ro‘za oyi ekanini ko‘rsa, qimmatchilik va taomlarning tanqis bo‘lishiga dalildir, boshqalarning aytishicha, dinning durustligini, g‘amlardan ozod bo‘lishini hamda qarzlardan qutilishini bildiradi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushda ro‘za tutmoq o‘n narsani bildiradi: ulug‘likni; rayosatni; tandurustlikni; martabani; tavbani; zafarni; ne’matni; Hajni, g‘azavotni; o‘g‘ilni.
Tushida esida yo‘q ro‘zasini ochib yuborganini ko‘rsa, yaxshi kishi hamda halol rizqqa dalildir. Tushida ro‘zasini qasddan ochib yuborganini ko‘rsa, safarda ofatlarga uchrashi yoki kasal bo‘lishiga dalildir. Tushida ikki oy ro‘za tutganini ko‘rsa, gunohdan tavba qilishini bildiradi. Tushida nafl (qo‘shimcha) ro‘za tutganini ko‘rsa, kasallikdan omon bo‘lishiga dalildir. Tushida bir yil paydarpay ro‘za tutganini ko‘rsa, Haj qilishiga dalildir. Tushida Ashur oyi ro‘zasini tutganini ko‘rsa, g‘amu anduhdan qutilishiga dalildir.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *