Tushda sandon | Тушда сандон

SANDON (SANDON) — Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi sandon rais va ulug‘ kishini bildiradi. Agar tushida sandon topsa yoki birov unga bersa va bu sandon o‘zining mulki ekanini bilsa, rais yoki ulug‘ kishidan qo‘lga foyda kiritadi, u bilan do‘st bo‘ladi, u orqali podshoh xizmatiga yetishadi va undan xayru manfaat topadi.
Kirmoniyning aytishicha, tushdagi sandon rost so‘zli mansab egasiga dalildir. Agar tushida sandon topsa yoki birov unga bersa, mansabdor bir kishi bilan suhbatdosh bo‘lishiga va undan xayru manfaat topishiga dalildir. Agar tushida birovga sandon berganini ko‘rsa, o‘sha kishidan foyda topishiga dalildir. Agar sandoni yo‘qolib qolganini yoki o‘tri o‘g‘irlab ketganini ko‘rsa, o‘sha ulug‘ kishining suhbatidan judo bo‘lishiga dalildir.
Imomi Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha tushdagi sandon beshta narsaga dalildir: ulug‘likka; foyda va molga; quvvatga; mansabga; ishlarida muvaffaqiyatga.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *