Tushda sassiqpo’pishak, hudhud | Тушда сассикпопишак, худхуд

SASSIQPOPISHAK, HUDHUD (HUDHUD) Ibn Sirin (r a)ning aytishicha, tushdagi sassiqpopishak dono va ziyrak odam bo‘lib, maxfiy ishlardan odamlarga xabar beradi. Tushida sassiqpopishakni tutib olganini yoki birov unga berganini ko‘rsa, aytilgan sifatda dono va ulug‘ bir kishi bilan suhbatdosh bo‘lishiga va undan ilm hosil qilishiga dalildir. Tushida sassiqpopishakni o‘ldirganini ko‘rsa, dono va ulug‘ kishi ustida zafar topishi va uni yengishiga dalildir. Tushida uning go‘shtini yeganini ko‘rsa, uning mikdoricha o‘z ajalidan harom mol topishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi hudhud xabar sohibi yoki yaxshi elchidir. Tushida hudhud u bilan so‘zlashganini ko‘rsa, o‘z ahlidan kimgadir g‘azab qilishiga dalildir.
Ja’f ar Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda sassiqpopishakni ko‘rish to‘rt narsani bildiradi: xushxabarni; ulug‘likni; dushmanni yengishni; o‘z ishida dono va ziyrak bo‘lishni

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *