Tushda sham | Тушда шам

SHAM (SHAM’) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi sham davlat, izzat va ne’mat bo‘ladi. Agar tushida qo‘lida sham yonib turganini ko‘rsa, izzati, ne’mati va davlati ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar uyida sham yonib turganini va xona nurdan ravshan ekanini ko‘rsa, shu yili uning uchun ne’mat farovon bo‘lishiga dalildir. Agar tushida birovning qo‘lidagi yonib turgan shamni tortib olganini ko‘rsa, birovdan izzat va quvvat olishiga dalildir. Agar yonib turgan shamni kimdir o‘ziga berganini ko‘rsa, bir ulug‘ oiladan xotin olishiga dalildir. Agar tushida kumush shamdonni ko‘rsa, oladigan xotini nasli toza bo‘lishiga dalildir. Agar shamdon tilladan ekanini ko‘rsa, oladigan xotini baquvvat va botir odamlardan bo‘ladi. Agar shamdon qo‘rg‘oshindan bo‘lsa, o‘sha xotin mullalar oilasidan bo‘ladi. Agar shamdon sopoldan bo‘lsa, oladigan xotini oddiy odamlardan bo‘ladi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida yonib turgan shamning o‘chib qolganini ko‘rsa, xotini o‘lishiga dalildir. Agar xotini bo‘lmasa, ahvoli yomon bo‘lishini bildiradi. Agar bir kishi uning qo‘lida turgan shamni o‘chirib qo‘yganini ko‘rsa, bir odam unga hasad qilishiga dalildir. Qo‘lida sham borligini, biroq u yondirilmaganini ko‘rsa, yuqorida aytib o‘tilgan narsalardan biroz naf ko‘rishiga dalildir. Agar xotini bo‘lsa, o‘g‘il tug‘adi, agar musofir bo‘lsa, xotin oladi yoki kanizak sotib oladi, agar g‘oyibda bo‘lsa, safardan qaytadi. Agar o‘z shahrida shamlarning yonib turganini ko‘rsa, shahar podshohining odil va adolatparvar ekaniga, qozilarining insofli bo‘lishiga, olimlarining zohid bo‘lishiga, xalqning oromda bo‘lishiga, shaharda xurramlik ko‘p bo‘lishiga dalildir. Agar tushida masjid va madrasalarda shamlarning yonib turganini ko‘rsa, shahar odamlari toat va ibodatga mashg‘ul bo‘lishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi sham o‘n to‘rt narsaga dalildir: podshohga; qoziga; farzandga; to‘yga; mansabga, ulug‘likka; saroyga; shodlikka; ilmga; badavlatlikka; ayshga; kanizakka; xotinga; tush ko‘ruvchining ko‘rgan narsasiga.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *