Tushda shamol | Тушда шамол

SHAMOL (BOD) Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Kimki qattiq shamol ko‘tarilganini ko‘rsa, o‘sha diyor odamlariga g‘am va qo‘rqinch bo‘lishiga dalildir. Shamol juda qattiq bo‘lganini va daraxtlarni egib yuborayotganini ko‘rsa, o‘sha diyor axdiga o‘lat va qizamikdan balo va ofat yetishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushda garmsel shamoli sovuq kasalliklarga dalolat qiladi va sovuqlikda o‘rtacha bo‘lgan shamolni ko‘rsa, o‘sha diyorda yuz beradigan tashvishli kasalliklarga dalil bo‘ladi. Mo‘’tadil shamol o‘sha diyor axdi uchun tandurustlikka, yaxshiliklarga yuz berishiga, o‘sha diyordagi kasbu hunarga dalolat qiladi. Shamol uni bir joydan ikkinchi joyga uchirib ketganini ko‘rsa, uzoq safarga chiqishiga dalil bo‘ladi va bu safarda izzat va ulug‘lik topadi, bordi-yu shamol uni yana yerga qaytarib tushirgan bo‘lsa. Shamol chang va to‘zon bilan birga ekanini ko‘rsa, o‘sha yer qavmiga vahima, qo‘rqinch va andisha yuz berishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, qattiq shamol uni osmonga uchirib ketganini ko‘rsa, uning ajali yaqin ekaniga dalolat qiladi. Shamol uni osmondan yana yerga tushirganini ko‘rsa, kasal bo‘lishi va oqibatda yana shifo topishiga dalildir.
Hazrati Sodiq (r.a.)ning marhamat qilishlaricha, tushda shamolni ko‘rish to‘qqiz narsaga belgi bo‘ladi: bashoratga; farmoni o‘tishiga; molga; o‘limga; azobga; o‘ldirishga; kasallikka; shifoga; rohatga. Agar shamol ustiga o‘tirganini ko‘rsa, ulug‘lik va farmonbardorlikka dalil bo‘ladi.
Ismoil Ash’as aytadi: Mag‘rib shamoli muloyim esayotganini ko‘rsa, o‘sha diyor odamlari uchun molu ne’mat ko‘p bo‘lishiga dalil, shimol shamoli muloyim esayotganini ko‘rsa, o‘sha diyor uchun shifo va rohat bo‘ladi, buning aksi bo‘lsa, yaxshilik bo‘lmaydi. Shamol ovozini eshitayotganini ko‘rsa, ulug‘ podshohning xabari o‘sha diyorga tarqaladi. Shamol o‘sha diyor odamlarini uchirib, havoga olib chiqganini ko‘rsa, o‘sha diyor xalqi sharaf va obro‘ topishiga dalildir.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *