Tushda sharbatlar | Тушда шарбатлар

SHARBATLAR (RUBBHO) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi sharbatlar, bordi-yu xushta’m va xushbo‘y bo‘lsa, xayru barakatga dalil bo‘ladi. Buning aksi bo‘lsa, zarar, ranj va anduh bo‘ladi. Tushda sharbat tayyorlamoq agar shirin bo‘lsa, xayrli ish va manfaatni bildiradi, nordon bo‘lsa, ta’biri buning aksidir.

SHARBATLAR (SHAROB) — Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida ta’mi shirin va xushbo‘y, chunonchi, olma sharbati yoki anor sharbatini ichayotganini ko‘rsa, olti narsani bildiradi: dinning pokligini; foydani; foydali ilmni; uzoq umrni; yoqimli umrguzaronlikni; Haq ta’olo zikrini. Ammo noxush sharbatlar, chunonchi, ravoch, limon, apelsin va shunga o‘xshashlarni ichganini ko‘rsa, g‘am va anduh bo‘ladi. Ta’mi achchiq va hidi noxush, chunonchi, mirt sharbatlariga o‘xshaganlarni ichayotganini ko‘rsa, dunyo va oxirat foydasiga dalildir. Davo maqsadida ichilgan sharbatlar yaxshilik va din tozaligiga dalildir.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *