Tushda sigir va buqa | Тушда сигир ва бука

SIGIR VA BUQA (GOV) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushida molning ustida o‘tirganini va mol o‘ziniki ekanini ko‘rsa podshohdan amalga ega bo‘lishi va xususan, mol qora bo‘lsa, undan ko‘p foyda ko‘rishiga dalildir. Agar sariq buqani ko‘rsa, bemorlikka dalildir. Agar buqa uning uyiga kirib kelganini ko‘rsa, Xudoyi ta’olo unga xayriyat va rizq eshigini ochishiga dalildir, biroq qayg‘usi yo‘q bo‘lmaydi. Agar tushida ko‘pgina buqa va ho‘kizlarni ko‘rsa, ko‘p g‘ulomlar uning qo‘l ostida yig‘ilishiga va ular buning ishi uchun sa’y harakatda bo‘lishlariga dalildir. Agar buqa uni shoxi bilan suzib, uydan chiqarib yuborganini ko‘rsa, g‘ulomlardan unga zarar yetishiga dalildir. Agar molining uchta shoxi borligini va ular molning boshida ekanini ko‘rsa, xar bir shox barobarida g‘ulomlari bir yildan ishlab berishlariga dalildir. Agar molning a’zolaridan bir a’zosi ortiqcha ekanini ko‘rsa, amalidan ziyodalik bo‘lishiga dalildir, agar a’zolarida nuqson bo‘lsa, yuqoridagining aksi bo‘ladi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi buqa amal bo‘ladi, terisi esa amaldorga meros bo‘ladi. Agar ko‘chasida ko‘pgina mollarni ko‘rsa, martabaga erishishi, ishlarida barakalar hosil bo‘lishiga dalildir. Agar shoxi bilan bilan uni otib yuborganini ko‘rsa, agar tush sohibi amal bo‘lsa, amaldan tushishiga dalildir. Agar savdogar bo‘lsa, ziyon tortishiga dalildir. Podshoh bo‘lsa, yurtidan ayrilishiga dalildir. Agar buqa shoxi bilan suzganini va u yiqilganini ko‘rsa, kimdir uning izzat va obro‘sini to‘kib, uni amaldan tushishiga harakatda ekaniga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida buqalar ichidan bir buqani so‘yganlarini va taksimlab olganlarini ko‘rsa, buqalar odatda amaldorlar bo‘lib ulug‘ bir odamni shu ko‘chada o‘ldirishlariga dalildir. Agar tushida molni so‘yib, go‘shtidan yeganini ko‘rsa, mol egasini o‘ldirib, molini tortib olishiga dalildir.
Agar o‘ziga qarashli bo‘lmagan molni so‘yganini ko‘rsa, bir ulug‘ odam o‘sha mavzeda o‘lishiga dalildir. Agar ko‘pigina erkagu urg‘ochi mollarni aralash holda kirib-chiqib yurganlarini va ular ozg‘in ekanlarini ko‘rsa, o‘sha yili o‘sha mavze odamlari kasallik tortishlariga dalildir. Agar mollar semiz bo‘lsa, farovonlikka va arzonchilikka dalildir. Azar ho‘kizlar yerni haydab ketayotganlarini ko‘rsa, hisobsiz mol hosil qilishiga dalildir.
Ismoil Ang’as (r.a.)ning aytishicha, tushida mol bilan jang qilayotganini ko‘rsa, u bilan bir ulug‘ odam orasida jang yuz berishiga dalildir.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi sigir yil bo‘ladi.
Agar sigirni ko‘rsa, o‘sha yili faravonlik va ne’matlar bo‘ladi. Agar sigir ozg‘in bo‘lsa, buning aksi bo‘ladi. Sigirning go‘pggi mol va o‘sha yil uchun to‘kin-sochinlik bo‘ladi. Sigirning tersini ne’mat zaxirasidir. Agar tushida sigirni sog‘ayotganini va sutini ichayotganini ko‘rsa, moli ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar bu tushni qul ko‘rsa ozod bo‘ladi, kambagal ko‘rsa, boy bo‘ladi, agar ozod odam ko‘rsa, odamlardan behojat bo‘ladi, agar xor ko‘rsa, aziz bo‘ladi. Agar sigirning bo‘g‘oz ekanini ko‘rsa, umidvorlikka dalil bo‘ladi.
Hofiz Muabbir (r.a.)ning aytishicha, agar semiz molning go‘shtidan sotib olganini ko‘rsa, o‘sha yili boyvachcha ayolga uylanishiga dalildir. Agar sigirni sog‘ib, sutidan ichganini ko‘rsa, ko‘p mol yig‘ishiga, biroq undan hech narsa yeya olmasligiga dalildir. Agar sigir u bilan so‘zlashganini ko‘rsa, hayot unga farovon bo‘lishiga dalildir. Agar tushida sigir uning oldiga kelganini ko‘rsa, yil uning uchun muborak bo‘lishiga dalildir. Agar sigir undan yuz o‘girganini ko‘rsa, o‘sha yil uning uchun yomon kelishiga dalildir. Agar tushida sigirga minganini va yiqilib tushganini ko‘rsa, ahvoli yomon bo‘lishiga dalildir. Agar sigir bilan jang qilayotganini ko‘rsa, o‘sha diyorda bir ayol bilan jang qilishiga dalildir. Agar sigirni o‘sha yerda o‘tlaganini ko‘rsa, o‘sha yili molu ne’mat topishiga dalildir. Agar tushida sigir uni tishlab olganini ko‘rsa, xotini unga xiyonat qilishiga dalildir. Agar sigir to‘satdan uning uyiga kirib kelganini ko‘rsa, tasodifan boylik topishi va beg‘am bo‘lishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a)ning aytishicha, tushda sigirni ko‘rish olti narsaga dalildir: hukmdorlikka; boylikka; ulug‘likka; rayosatga; yaxshilikka; yaxshi yo‘lga.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *