Tushda somon | Тушда сомон

SOMON (KOH) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi somon, xususan, bug‘doy somoni bo‘lsa, molu ne’matga dalildir.
Tushida ko‘p somoni borligini va uni uyiga tashitganini ko‘rsa, halol molu ne’matni ko‘p hosil qilishiga dalildir. Agar arpa somoni bo‘lsa, aytilgandan ozroq mol topadi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida somonxonasi borligini va somon uning mulki ekanini ko‘rsa, badavlat bo‘lishi va ikki jahon murodini topishiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida somonxonaga o‘t ketganini va somon yonib ketganini ko‘rsa, podshoh uning uyini musodara qilishi va mollarini tortib olishiga dalildir. Agar tushida hayvonlar somon yeyayotganini ko‘rsa, molini qo‘ldan chiqarishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi somon uch narsaga dalildir: halol molga; kasbu maishatga; murod va shodlikka.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *