Tushda sovg’a, hadya| Тушда совга, хадя

SOVG‘A, HADYA (XADYA) Mag‘ribiy, (r.a.)ning aytishicha, tushda birov boshqa bir kimsaga hadya berganini ko‘rsa, agar hadya yaxshi narsa bo‘lib, xar ikkoviga loyiq va yoqimli bo‘lsa, har ikkoviga ham foyda bo‘lishiga dalildir. Agar yaxshi narsa bo‘lmasa, har ikkoviga ham bir-biridan foyda bo‘lmaydi, balki ziyon va zahmat bo‘ladi.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida birovning hadya berganini va bu hadya u yaxshi ko‘radigan narsa ekanini ko‘rsa, ezgulik va sozlikka dalildir. Agar hadya u yaxshi ko‘rmaydigan narsa bo‘lsa, ziyon va yomonlikka dalildir. Agar tushida keksa kishi yoki qari xotin hadya berganini ko‘rsa, ezgulik va foyda ko‘rishiga dalildir. Agar yosh yigit yoki yosh ayol hadya berganini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *