Tushda soy, anhor | Тушда сой, анхор

SOY, ANHOR (RUD) — Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi katta soy ulug‘ kishi bo‘ladi. Tushida o‘zini suvi toza katta soyda ko‘rsa, ulug‘ va diyonatli bir kishi bilan birga bo‘lishiga va undan xayru manfaat ko‘rishiga dalildir. Tushida soydan chiqqanini ko‘rsa, balo va g‘amdan qutilishiga dalildir. Tushida bir katga soyga kirganini, soyning suvi loyqa ekanini ko‘rsa, bir ulug‘, ammo sitamgar odamga duch kelishiga dalildir. Tushida o‘sha soyga g‘arq bo‘lganini ko‘rsa, o‘lguncha undan qutilishiga dalildir.
Doniyol (a.s.) aytadilarki, katta soy — vazirga dalildir.
Tushida katta soyning qurib qolganini ko‘rsa, vazirning ishdan ketishini bildiradi. Tushida soy suvi ko‘payib qolganini ko‘rsa, vazirdan hadyalar topishiga dalildir. Tushida soy suvini loyqa ko‘rsa, harom mol topishiga dalildir. Soy suvini achchiq ekanini tush ko‘rsa, pora yeyishiga dalildir. Tushida soy suvining aynib qolganini ko‘rsa, kasal bo‘lishiga dalildir. Tushida soy suvini muzdek va shirin ekanini ko‘rsa, vazirdan hadyalar olishini bildiradi. Tushida arikdan qon oqayotganini ko‘rsa, o‘sha diyorda ko‘p qon to‘kilishiga dalildir. Tushida soy suvini tiniq va shirin holda ko‘rsa, odamlar vazirga maqtov so‘zlarini aytishlariga dalildir. Tushida soy suvining yer ostiga kirib ketganini va hech narsa qolmaganini ko‘rsa, o‘sha diyorda azobu uqubat bo‘lishiga dalildir.
Tushida soy suvi bilan o‘zini yuvayotganini ko‘rsa, podshoh va vazirning omonligidan omonda bo‘lishini bildiradi. Tushida suv ostiga sho‘ng‘iyotganini ko‘rsa, vazirning siridan ogoh bo‘lishini bildiradi. Tushida libosini yuvayotganini ko‘rsa, o‘zi hamda ahli oilasi podshoh hamda vazirdan omonda bo‘lishiga dalildir. Tushida soy ichiga kirib ketganini va kiyimlari xo‘l bo‘lganini ko‘rsa, bir savdogar tomonidan g‘am yetishiga dalildir.
Tushidagi Dajla daryosi, Kirmoniy (r.a.)ning so‘ziga qaraganda, xalifa bo‘ladi. Jayhun (Amudaryo) Xuroson podshohi, Sayxun (Sirdaryo) Xind podshohi, Frot Shom (Suriya) podshohi, ba’zi birovlarning aytishicha, Rum (Turkiya) podshohi, Nil Misr podshohi, Rudgar daryosi Arman podshohi bo‘ladi. Tushida ularning suvidan ichmoq va cho‘milmoq xayru manfaat bo‘ladi, suvining miqdoriga qarab, podshoxdan biror narsa topadi.
Ja’far Sodkq (r.a.)ning aytishicha, tushda soyni ko‘rish yetti narsani biddiradi: Hajni; balanddikni; podshohlikni; tijoratni; molni; riyosatni; zafar hamda ilmni.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *