Tushda talq | Тушда талк

TALQ (TALQ) — Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi talq qiyinlik bilan topiladigan ozgina boylik bo‘ladi, negaki uning javhari toshdan iboratdir. Agar tushida biror yerdan ko‘plab talqni yig‘ayotganini ko‘rsa, makru hiyla bilan safarda mol hosil qilishiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, agar tushida eritilgan talqni badaniga surkayotganini, so‘ng olovga kirganini va olovdan hech qanday zarar yetmayotganini ko‘rsa, undan podshoh zarari yo‘q bo‘lishiga dalildir. Agar tushida talqni yeyayotganini ko‘rsa, mashaqkat va qiyinchilik bilan mol topishiga dalildir. Agar talqi yo‘qolib qolganini ko‘rsa, moli yo‘q bo‘lishiga dalildir.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *