Tushda taylason | Тушда тайласон

TAYLASON Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi taylason qadr, izzat va ulug‘likdir. Agar tushida yangi va toza taylasoni borligini ko‘rsa, qadri baland bo‘lishini bildiradi. Agar taylasonini yirtib tashlaganini yoki yoqib yuborganini ko‘rsa, qarindoshlaridan bir aziz kiishining o‘lishini bildiradi.
Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi taylason omonat, diyonat va dinning quvvatidir. Agar taylason toza ekanini ko‘rsa, omonatni topshirishiga, agar iflos bo‘lsa, omonat gardanida qolishiga dalildir. Agar sariq taylasonni olganini ko‘rsa, kuchli g‘amga giriftor bo‘lishiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi oq taylason solih farzand bo‘ladi. Agar taylason qizil bo‘lsa, farzandi maishatni va shodlikni yaxshi ko‘rishiga dalildir. Agar taylason qora bo‘lsa, farzandi olim, qozi yoki xatib bo‘lishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi taylason o‘nta narsaga dalildir: izzat va hurmatga; martabaga; farzandga; davlatga; molga; foydaga; ilmga; dinga va qilichga.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *