Tushda tikon | Тушда тикон

TIKON (XOR) Tushdagi tikon qarz bo‘ladi. Agar tushida tanasida tikon borligini yoki kimdir unga tikon sanchganini ko‘rsa, kimdandir qarz olishiga va tikon yetkazgan ranj mikdoriga muvofiq achchiq so‘z eshitishiga dalildir. Agar tushida birovning tanasiga tikon sanchganini ko‘rsa, birovga qarz berishiga va o‘sha kishiga achchiq so‘z aytishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, agar tushida ko‘p tikoni borligini va oyog‘iga o‘sha tikonlardan aziyat yetayotganini ko‘rsa, qarzdor bo‘lishiga va oxiri qarzlaridan qutulishiga dalildir.
J’fari Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi tikon uch narsani bildiradi: qarzni; dashnomni; ishlarning qiyinligini.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *