Tushda tirnoq | Тушда тирнок

TIRNOQ (NOXUN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi tirnoq saxovatga hamda odamlarga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha qurol bilan yuradigan kishilarga tirnoq qurol bo‘ladi. Tushida qaychi bilan tirnoq olganini ko‘rsa, dini kuchli bo‘lishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi tirnoqlar kuch va qodirlikka, dunyo va mol hosil qilishga dalildir. Tushida tirnog‘i singanini ko‘rsa, boylik topishiga dalil bo‘ladi. Agar tirnog‘i tagidan ajrab tushganini ko‘rsa, molidan birozi yo‘q bo‘lishiga dalildir. Tushida tirnog‘ining tushganini, qayta o‘sganini va to‘lik, bo‘lganini ko‘rsa, ishlari yaxshi bo‘lishi va boyligi serob bo‘lishiga dalildir. Tirnoqlari qora va ko‘k bo‘lib qolganini ko‘rsa, musibatga dalil bo‘ladi. Tushida tirnoqlari haddan tashqari o‘sib ketganini va sinish xavfi borligini ko‘rsa, ta’biri yomon bo‘ladi. Agar tirnog‘i tagidan kesilganini va boshqacha bo‘lib qolganini ko‘rsa, ishlarining yurishmay qolishiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida tirnoqlarining o‘rtacha holda ekanini ko‘rsa, din va dunyosining yaxshi holatda bo‘lishiga dalildir. Tushida tirnog‘ini to‘g‘rilayotganini ko‘rsa, ko‘p mol topishiga dalildir. Tushdagi oyoq va qo‘l tirnoqlarining ta’biri bir xil bo‘ladi.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi tirnoq olti narsani bildiradi: kuch va qudratni; odamning qadrini; botirlikni; farzandlarni; manfaatni, jiyanlarni.

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *