Tushda tish | Тушда тиш

Пример HTML-страницы

TISH (DANDON) Doniyol (a.s.) aytadilar: Tushdagi tishlar ahli xonadonga dalolat qiladi. Tepadagi tishlar erkaklarga, pastdagilar esa ayollarga dalil. Tepadagi tishlarning old tomonidagilari farzandlar, aka-ukalar, opa-singillar yoki ota-onaga, ularning yonidagilari esa amaki va amakivachchalarga dalolat qiladi. Tishlarning oq va tozaligi ahli oilaning izzat va quvvatiga belgidir. Oldingi tishlaridan birining qimirlayotganini ko‘rsa, yuqorida aytilganlardan biri bemor bo‘ladi.
Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Tushida oldingi tishi kaftiga tushganini yo yoniga yoki yerga tushganini ko‘rsa va tuproqqa belanmasa, o‘zida aka-uka, yoki opa-singilda farzand tug‘iladi. Tishi tuproqqa tushib, yo‘qolib qolganini ko‘rsa, aytilganlardan biri o‘ladi. Tishi sinsa yoki chirib maydalansa aytilganlardan biriga ofat yetadi. Oldingi tishlardan birining ziyoda bo‘lganini ko‘rsa, aytganlarimizdan birining xurramlik va rohat topishiga dalil bo‘ladi. Hamma tishlari birdaniga to‘kilsa, ahli xonadonining halok bo‘lishiga dalildir. Tishlari qo‘l kaftiga yoki yon atrofiga tushsa, ahli xonadoni ko‘payishiga dalolat qiladi. Tishlarining kumushdan yo shishadan yoki sopoldan ekanini ko‘rsa, halok bo‘lishiga dalildir. Ta’birchilarning aytishlaricha, tishning tushishi qarzdan qutulishiga dalil bo‘ladi.
Kirmoniy (r.a.) aytadi: Tepa tishlar erkaklarga, pastki tishlar ayollarga dalolat qiladi. Tishlari to‘kilsa va ularni qo‘liga yig‘ib olsa, qarindosh-urug‘larini to‘playdi va o‘zidan judo bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymaydi. Tishidan xushbo‘y hid kelayotganini ko‘rsa, yaqinlari uni maqtaydi. Aksini ko‘rsa, uni g‘iybat qilishadi. Tishi og‘riganini ko‘rsa, g‘amu anduhga dalildir.
Tishlari sariq bo‘lsa, o‘zi mansub kishining bemor bo‘lishiga dalildir. Tishlari qora bo‘lsa, unga qayg‘u g‘am yetadi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadi: Tishi og‘riyotganini ko‘rsa va tishini qo‘li bilan sug‘urib, ikki qo‘li bilan tutsa, ko‘p mol topadi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki tushda tish ko‘rish olti narsani bildiradi; ahli oilani; molu davlatni; manfaatni; g‘amu anduhni; ayriliqni; zararni.

Пример HTML-страницы

Читайте также:

комментариев 13

  1. Mardon1818:

    Tushda jag’ tishini bir tomonib sinib qolga tushsa nima boladi

  2. Tushimda oldgi pastiki tishim qimirlayotgan ekan, oppoq va silliq keyin u tishni men qulib bilan asta va beozor kaftimga oldim va ketidan kaftimda yana 5-6ta tish paydo budli, va kaftimda bir hovuj tish borakan. Bu tushni bugun ro’za tutganimdan keyin soat 4-5 oralig’ida kurdm. Memi qiziqtirayotgan narsa, onam yoki opamga xech nima qilmasmikan, kasal bulmasmikan????

    • Dilnoza:

      Assalomu alaykum hammaga. Bugun bomdoddan keyin, tush koʻribman! Pastki oldidagi ikkita tishimni tilim bn tushirib yuboribman. Aslida bittasi qimillayotgan edi. Man adashib birinchi yonidagini, keyin qimirlayotganini tilim bilan tushirib yuboribman. U tishlar oʻng qoʻlimni kaftiga tushdi.Qonab tushdi! Keyin tabirini oʻqiganimdan soʻng biroz qoʻrqib qoldim. Bu nimadan dalolat beradi deb oʻylaysizlar???

      • Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Tushida oldingi tishi kaftiga tushganini yo yoniga yoki yerga tushganini ko‘rsa va tuproqqa belanmasa, o‘zida aka-uka, yoki opa-singilda farzand tug‘iladi.

        Shuningdek xonadon odamlari ko’payishi yoki qarzdan forig’ bo’lishiga ham dalolat qiladi.

        Vallohu alam.

      • Gulbahor:

        Assalomu aleykum yaxshimisiz. Men peshin vaqtida tush kòrdim . Unda pastki old tishlar va yon tishlarni òrtasidagi tishim tushdi va yerda,yonimga tushdi bitta dugonam kelib uni otib yubordi . Juda qonadi . Òrniga paxta solib qòydim ,paxta ham qonga belanib qoldi ,keyin oynaga qarasam tepa tishlarim ham yoq ekan

  3. Assalomu alaykum.Bugun erta tongda kòrgan tuwimda nimadr yeyotganimda tiwim qimirlapti ken qolim bilan asta olib kaftimga qoydim ikkita tiwim qimirlab qoldi ulaniyam oldim lekin oynaga qarasam tiwimni òrni ochiqmas

  4. Jakhangir:

    Tepa ong tomon orqa tishi chirib yarmi maydalansa nima boladi

  5. Maryam:

    Assalomu alekum.
    Tushimda tepadagi va pastdagi old tomondagi tishlarimning yonidagi ikkita tishlar tushib qolibdi.
    Bu nimadan dalolat beradi?
    Iltimos, javob bering

  6. Assalomu asaykum peshindan keyin tush kòrdim 5daqiqayam emas tushimda xamma tishlarim birdaniga qimirlayapti oģriģlariyam bor tushib kettadi tishlarim deyapman yonimdagi insonga u axamiyatxam bermadi indamay kuldi tushib kete tushib kete dip xammasi birdaniga qimirlayapti

  7. Mijji:

    Assalomu alaykum men tushimda o’zim qo’lim bn pastki jag’ tishimdan o’rtadagi tishni chap tomonidan 1ta tishimni sug’irib olibman lk tishim oppoq ekan qo’limda turibdi keyin 2chisini ham yulmoqchi bupman bu nmadan dalolat?

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.

error: Kechirasiz: Kontentlar himoyalangan !!