Tushda tosh | Тушда тош

TOSh (SANG) Kirmoniyning aytishicha, tushdagi tosh ikki narsani bildiradi: molnii va boshliqni. Tosh qanchalik muloyim va yumshoq bo‘lsa, foydasi shunchali ko‘proq bo‘ladi. U qanchalik qattiq bo‘lsa, buning aksi bo‘ladi. Agar oq toshni qo‘lga kiritsa yoki birov unga bersa, tabiati toza va ochiq yuzli mansab egasi bilan suhbat qurishiga va undan foydalar topishiga dalildir. Qora toshga egaligini ko‘rsa gina saqlovchi hamda badfe’l boshliq bilan suhbat qurishiga va undan foyda olishiga dalildir. Agar qizil toshga egaligini ko‘rsa, buzuq va badfe’l boshliq bilan uchrashuvi va undan foyda olishiga dalildir. Agar toqqa chiqqanini, tog‘da ko‘plab toshlarni ko‘rganini, toshlardan ba’zilarini olganini, etagiga va ularning rangi qanday ekaniga qarayotganini tush ko‘rsa, buning ta’biri ham yuqoridagilar kabidir. Agar qora va oq toshi borligini ko‘rsa, munofiq bir odam bilan suhbatdosh bo‘lishi, tosh mikdoriga muvofiq undan foyda olishiga dalildir.
Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi toshlar ishlardagi qattiqlikdir. Agar suv ostidagi toshlarni yig‘ayotganini ko‘rsa, molni makru hiyla va qiyinchilik bilan yig‘ishiga dalildir.
Agar tog‘dagi toshni taroshlayotganini ko‘rsa, ko‘ngli qattiq bir odamdan makru hiyla orqali mol hosil qilishiga dalildir. Agar biyobon o‘rtasida tosh yig‘ayotganini ko‘rsa, safarda makru hiyla orqali mol yig‘ishiga dalildir. Agar birovga tosh otganini ko‘rsa, xohlamagan holda o‘z molidan birovga berishiga dalildir. Agar mayda toshlarni uyiga olib kelganini ko‘rsa, uning miqdoricha mol topishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiyning aytishicha, agar tushida birovga tosh otganini ko‘rsa, o‘sha kishiga zinoda yoki bir gunohda tuhmat qilishiga dalildir.
Hazrati Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi tosh to‘rt narsani bildiradi: molni; mansabni; ishlardagi qiyinchilikni; kasb va mashaqqatni.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *