Tushda tovuq, makiyon | Тушда товук, макиён

TOVUQ (MOKIYON) Mokiyon bu tovuqdir.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi tovuq xizmatkor xodim yoki kanizakdir. Tushida tovuqni sotib olganini yoki birov unga berganini ko‘rsa, kanizak sotib olishi yoki xodimni ijaraga olishini bildiradi. Tushida xaddan tashqari ko‘p tovuqlari borligini ko‘rsa, amal va rahbarlik topishiga dalildir. Tushida tovuq go‘shtidan yeganini ko‘rsa, uning miqdoricha xodimlardan ne’mat topishiga dalildir. Agar jo‘jani so‘yganini ko‘rsa, farzandi yoki g‘ulomining yoxud kanizakning farzandi birorta baloga duchor bo‘lishini bildiradi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida tovuq tuxumini topganini ko‘rsa, uyida qiz tug‘ilishi yoki xodimlaridan mol topishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi tovuq chiroyli ayol bo‘ladi. Tushda oq tovuq olachipor tovuqdan yaxshiroqdir. Tushida uydagi tovug‘i xo‘roz kabi qichqirganini ko‘rsa, noxush so‘z eshitishiga dalildir.
Ismoil Asha’as (r.a.)ning aytishicha, tushdagi tovuqning jo‘jasi uch narsani bildiradi: chiroyli ayolni; kanizakni; xodimni.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *