Tushda tungi libos | Тушда тунги либос

TUNGI LIBOS (JOMAYI XOB) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tungi libos ayol kishini bildiradi. Agar tungi libosning oq va toza ekanini ko‘rsa, ayoli dindor va pokdoman bo‘lishiga dalildir. Agar tungi libosining qora ekanini ko‘rsa, ayolidan g‘am va ranj tortishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, qora tungi libos podshoh uchun yaxshi, xalq uchun yomon bo‘ladi. Agar tungi libosning ko‘k ekanini ko‘rsa, ayol sababli g‘am, anduh va musibat yetishiga dalildir. Agar tungi libosning kir va yirtiq ekanini ko‘rsa, kir, palid va quloqsiz xotinni bildiradi. Agar tungi libosni yo‘qolganini yoki o‘g‘irlab ketganlarini ko‘rsa, ayolini taloq qilishi yoki undan ayrilishiga dalildir. Agar tungi libosning yonib ketganini ko‘rsa, xotinini o‘lishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushida tungi libosni ko‘rmoq uch narsani bildiradi: yaxshi ayolni; rohat va osonlikni; ranj, anduh va musibatni.

Shohjahon Mahammadjonov

Everything will be ok!

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

двадцать − пятнадцать =