Tushda egov | Тушда эгов

EGOV (MIBRAD) Mibrad — bu egovdir.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida egovi borligini va u bilan zangni ketkazayotganini ko‘rsa, mushkil ishlari yengil bo‘lishiga dalildir. Xususan, temir o‘ziniki ekanini bilsa. Agar tushida toza va silliq temirni biror narsaga urayotganini ko‘rsa, zarar va ziyon yetkazadigan bir ish qilishiga dalildir.
Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, tushdagi egov yumshoq va muloyim so‘zdir. Tushida egovi singani yoki yo‘qolganini ko‘rsa, biror ish qilishi va bu ish uning qo‘li bilan islohga kelishmasligiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida uydagi asboblarni egov bilan tozalayotganini ko‘rsa, undan biror narsa uy xodimiga yetishiga yoki uning xodimi u tufayli mashg‘ulotdan ozod bo‘lishiga dalildir.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *