Tushda g’oliya | Тушда голия

G‘OLIYA Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi g‘oliya bilim hamda shuhratdir. Agar tushida birovga g‘oliya berganini ko‘rsa, o‘sha kishi bundan ilm va adab o‘rganishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, g‘oliy Haj belgisidir. Boshqa ta’birchilarning aytishicha, g‘oliya martabali bir odamdan yetadigan moldir. Agar tushida g‘oliya topganini ko‘rsa, savdogar erkak yoki ayoldan foyda topishiga dalildir. Agar tushida kimdir uning ko‘ziga g‘oliya surgayotganini ko‘rsa, evaziga uning haqini ado qilishiga dalildir va odamlar unga duo qilishadi. Agar kimdir uning quloq yumshog‘iga g‘oliya surtayotganini ko‘rsa, uni yolg‘onchilikda muttaham qilishlariga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi g‘oliya besh narsaga dalil bo‘ladi: adab va ilmga; maqtov va ofaringa; islom Hajiga; mol va davlatga; xayru manfaatga.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *