Tushda haj ar ul-asvad | Тушда хаж ар ул-асвад

HAJ AR UL-ASVAD (QORA TOSH) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, qoratoshga qo‘lini surtayotganini ko‘rsa, Xijoz (Makka) ahlidan foyda topishiga dalildir. Agar qoratoshni joyidan qo‘porib yuborganini ko‘rsa, buzuq mazhab, e’tiqodsiz va nopok bo‘lishiga dalildir. Agar qoratoshni yana joyiga qo‘yganini ko‘rsa, yana to‘g‘ri yo‘lga kirishiga dalil bo‘ladi. Agar tushida Zam-Zam suvidan ichayotganini ko‘rsa, yo‘qotgan narsasini qayta topishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, agar tushida qoratoshni o‘payotganini va unga yuzini surtayotganini ko‘rsa, yaxshilikka va dinining poku ziyoda bo‘lishiga va ulamolar bilan hamsuhbat bo‘lishiga dalildir.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *