Tushda hammom | Тушда хаммом

HAMMOM (GARMOBA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi hammom g‘amu anduh bo‘ladi. Hammomda yuvinish shodlikni bildiradi. Iliq suv yaxshi va kuchli qaynagan suv yomon bo‘ladi. Tushida hammomga borganini, unda g‘usl qilganini va toza bo‘lib yuvinganini ko‘rsa, ranj va andishadan qutilishini bildiradi. Tushida hammomga borganini, biroq yuvinmaganini ko‘rsa, ayollar tufayli yuragiga yetadigan g‘am va anduhga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida hammomga borganini, badaniga ohak surtganini va toza yuvinganini ko‘rsa, qo‘rquvi bo‘lsa, qutilishi, g‘amgin bo‘lsa, shod bo‘lishi, bemor bo‘lsa, shifo topishi, qarzdor bo‘lsa, qutilishiga dalildir. Tushida o‘ziga ohak surtganini, biroq yuvinmaganini ko‘rsa, ishi oxiriga yetmasligiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida hammomga borib, qo‘lini, yuzini, boshini va badanini yuvib, hammomdan chiqqanini ko‘rsa, g‘amdan chiqishiga dalildir. Tushida ko‘chada yoki uyida hammom borligini ko‘rsa, o‘sha joyda buzuq ayol paydo bo‘lishiga dalildir. Tushida yuvinishiga ehtiyoj bo‘lmagani holda hammomga tushganini ko‘rsa, g‘amgin va qarzdor bo‘lishiga dalildir. Tushida hammomda kiyimini o‘g‘ri urib ketganini va yalang‘och qolganini ko‘rsa, biror ish sababli g‘amgin va rasvo bo‘lishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda hammomni ko‘rish olti narsani bildiradi: ayolni; g‘amu anduhni; dinni; nobakorlikni; do‘stni; qarzni.
Tushdagi hammomchi — ayolni bildiradi. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, uy xojasiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida hammomchilik qilayotganini ko‘rsa, erkak bo‘lsa, badavlat ayolga uylanishi va ayolning ishlari bilan mashg‘ul bo‘lishiga dalildir. Agar ayol kishi bo‘lsa, aytilgan sifatga ega erga tegishiga dalildir.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *