Tushda hiqichoq | Тушда хикичок, хик

HIQICHOQ (FUVOQ) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida hiqichoq tutganini ko‘rsa, g‘azablanishi, dashnom berishi va yoqimsiz so‘zlarni aytishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida non yeyish asnosida hiqichoq tutib qolganini ko‘rsa, bemor bo‘lishiga dalildir. Agar tushida ketma-ket hiqichoq tutganini ko‘rsa, asossiz bir kishiga g‘azabini sochishiga dalildir. Agar hiqichog‘ining ovozi baland chiqqanini ko‘rsa, yolg‘on gapirish va bu yolg‘on gufayli uni malomat qilishlariga dalildir. Agar hiqichog‘i yumshoq va ohista ekanini ko‘rsa, bir kishiga g‘azabini sochishi, biroq tezda o‘z asl holiga qaytishiga dalildir. Agar tushida hiqichoq tutganini va ichidagi narsalar hiqichoq sababli tashqariga chiqqanini ko‘rsa, ajali yaqin kelganiga dalildir.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *