Tushda hokim, boshqaruvchi | Тушда хоким, бошкарувчи

HOKIM, BOSHKARUVCHI (VOLIY) Voliy bu ish boshqaruvchi va farmon beruvchidir.
Tushida hokimning o‘z o‘tiradigan joyidan yiqilganini, yoki o‘giradigan yeri singanini, kimdir qilich bilan joyini tortib olganini, o‘tiradigan saroyi xarob bo‘lganini, qo‘lga tushganini, o‘ldirilganini, hayvonotdan yiqilganini yoki yiqitilganini ko‘rsa, bularning hammasi sh araf va izzatdan tushishi va ishdan ketishiga dalildir.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar hokim tushida sallasi boshqa odamning sallasi bilan tutash ekanini ko‘rsa, ulug‘ligi va ichki olami mustahkam ekaniga dalildir. Tushida oyog‘ida bandi borligini ko‘rsa, sharafi va ulug‘ligi ziyoda bo‘lishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida hokim bo‘lganini ko‘rsa, o‘z ishida insofli va dindor bo‘lishiga, chunonchi, odamlar undan shod bo‘lganlarini ko‘rsa, xayriyat va sozlikka dalildir. Agar buning aksini ko‘rsa, yomonlik va ziyonga dalildir, xususan tush sohibi buzuq va yaramas bo‘lsa.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *