Tushda huqna, klizma | Тушда хукна, клизма

HUQNA Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi xuqna (klizma) g‘azabga minmoqni, bir joydan ikkinchi joyga tushmoqni bildiradi. Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, tushdagi xuqna tush ko‘ruvchiga qaytadigan ishni bildiradi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, agar unga huqna qilganlarini va bundan ozor topganini ko‘rsa, ahvolining yomon bo‘lishini bildiradi. Buning aksini ko‘rsa, xayru manfaat topishiga dalil bo‘ladi.

An-Nobulsiy: Tushda klizma qilish agar odatda qilinadigan narsa bilan bo’lsa, bu kasodga uchragan mahsulotni turib qolgan qismida savdoni rivojlanishiga dalolat qiladi. Yoki bu ma’naviy illatga dalolat qiladi. Agar hech u ishni qilmagan odam klizma qilsa, yomonlik shohidi bo’lishiga yoki uy buzilishi yo uning yaqinlaridan bo’lgan biron mayitning kafani o’g’irlanib uni bir joydan boshqa joyga  ko’chirib o’tishi yoki zakot berish uchun zo’rlanishga yoki huzuridagi omonatga dalolat qiladi.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *