Tushda o’g’irlik qilmoq | Тушда угирлик килмок

O‘G‘IRLIK QILMOQ (DO‘ZDIY KARDAN) Tushida biror kishining molini o‘g‘irlaganini va xarj qilganini ko‘rsa, uni o‘ldirishlariga dalildir. Tushida o‘g‘irlashni niyat qilgani, biroq o‘g‘irlamaganini ko‘rsa, biror kishiga yoqimsiz biror narsa yetkazishiga dalildir. Ba’zilarning aytishicha, bemor bo‘ladi, biroq shifo topadi. Uyidan biror narsani o‘g‘irlab ketganlarini tush ko‘rsa, unga biror ofat va ranj yetishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushida o‘g‘ri qo‘liga asir tushganini ko‘rsa, holi yomon bo‘lishiga va g‘amu anduh yetishiga dalildir. Tushida o‘g‘rilar uning yo‘lini to‘sganlarini ko‘rsa, g‘amu anduh ko‘rishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, har kim tushida molu matosini o‘g‘irlab ketganlarini ko‘rsa, tush sohibining hayoti og‘irlashishiga dalildir.
Ja’f ar Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi o‘g‘ri bemorlikdir.
Ta’birchilarning aytishlaricha, o‘g‘irlik qilingan yerda kuyovlik bo‘ladi yoki o‘g‘il tug‘iladi yoki tush sohibining g‘oyibda odami bo‘lsa, sog‘-salomat qaytib keladi.
Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi o‘g‘ri xiyonat va hiyladir.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *