Tushda o’lik kafani | Тушда улик кафани

O‘LIK KAFANINING TA’BIRI (TA’VILI KAFANI MURDA) Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida tanish bir murdani kafanlagannini ko‘rsa, dunyoda o‘sha odamning yo‘lini tutishga intilishiga dalildir, agar u olim bo‘lsa, ilm yo‘lini, moldor bo‘lsa, mol topish yo‘lini qidiradi. Tushida murdaning kafanini yecha olsa o‘sha murda go‘rda tirik ekaniga va o‘sha o‘likning ahvoli go‘rda yaxshi ekaniga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi murda uch narsani bildiradi: molni; mushkil bir ishning hal bo‘lishini; dinning buzilishini.
Tushida o‘lik unga qaraganini ko‘rsa, umri uzoq bo‘lishiga dalildir. Agar o‘likning tirilganini ko‘rsa, mushkil bir ishning hal bo‘lishiga dalildir. Agar amalidan tushgan bo‘lsa, amal
topadi, podshoh bo‘lsa, ilmu hikmati ziyoda bo‘ladi, umidi bo‘lsa, ro‘yobga chikadi, bir ishda taradyuddi bo‘lsa, bu ish anikdashadi.
Alloh ta’olo aytadi: Bas, o‘ldirdi Alloh ta’olo uni yuz yil-ga qadar, keyin uni tirgizdi (Bahara surasi, 259-oyat).
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida bir amal sohibi yoki birorta olim tirilganini ko‘rsa, o‘sha odamlarning mazhabi (yo‘li) va odatlari, yaxshi bo‘lsa ham, yomon bo‘lsa, qayta tirilishiga dalildir. Tushida murda uni quchog‘iga olganini ko‘rsa, umri uzoq va ishlari yuqori darajaga ko‘tarilishiga dalildir. Tushida o‘likka bir narsa berganini ko‘rsa, o‘sha narsaning aziz bo‘lishi va narxi yuqori bo‘lishiga dalildir. Yana aytishlaricha, o‘lik kechirilgan hamda shahid bo‘lganini bildiradi.
Agar o‘lik undan taom so‘raganini ko‘rsa, o‘lik undan sadaqa umid qilishini bildiradi.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *