Tushda qarimoq | Тушда каримок

QARIMOQ (PIR SHUDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar kishi tushida qariganini, soqollarini oqarganini ko‘rsa, izzat va sharaf topishiga dalildir. Agar notanish bir qariyani shodu xurram ko‘rsa, do‘stidan murodi hosil bo‘lishi va g‘amdan qutulishini bildiradi. Agar tanish bir keksani shodu xurram ekanini ko‘rsa, unga biror narsa yetadi, biroq uni xafa va g‘amgin holda ko‘rsa, buning aksi bo‘ladi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, agar bir qariyaning yosh bo‘lib qolganini ko‘rsa, uning izzat va obro‘yiga nuqson yetishini va dunyoga mag‘rur bo‘lishini bildiradi. Agar yosh yigit yoki biror go‘dak tushida qarib qolganini ko‘rsa, izzat va obro‘ topishiga va oxirat ishlariga mashg‘ul bo‘lishiga dalildir.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *