Tushda qog’oz | Тушда когоз

QOG‘OZ (KOG‘AZ) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qog‘oz boylik va ulug‘lik bo‘ladi. Agar tushida oq va toza qog‘ozi borligini ko‘rsa, uning miqdoricha boylik va ulug‘lik topishiga dalildir. Agar qog‘oziga suvdan zarar yetganini yoki kuyganini ko‘rsa, uning miqdoricha boyligi va ulug‘ligiga nuqson yetishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, agar tush sohibi toza odam bo‘lsa, tushdagi qog‘oz ilm va donish bo‘ladi. Agar tushida ko‘p qog‘ozi borligini ko‘rsa, ilm va fazilatda shuhrat topishiga dalildir. Agar tush sohibi yaramas va besavod odam bo‘lsa, ta’biri aksincha bo‘ladi. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qog‘oz to‘rt narsani bildiradi: ayolni; ulug‘likni; davlatni; makru hiylani.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *