Tushda qo’l | Тушда кул

QO‘L (DAST) Doniyol (a.s.) aytadilarki, o‘ng qo‘l aka-ukani, chap qo‘l opa-singilni bildiradi. Tushida o‘ng qo‘lini uzayib qolganini ko‘rsa, aka-ukasining yoki sherigining ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Tushida ikki qo‘lining qisqarib qolganini ko‘rsa, aka-uka, opa-singillari undan yuz o‘girishini bildiradi. Tushida har ikki qo‘lining kesilganini va yerda yotganini ko‘rsa, aka-uka va opa-singillari undan tiriklikda judo bo‘lishlarini bildiradi. Agar ikki qo‘lini siynasiga qo‘yib turganini tush ko‘rsa, do‘stlari uchun g‘am yeyishini bildiradi. Tushida bir gurux, odamlar ichida turganini va ular qarsak chalayotganlarini ko‘rsa, o‘sha yerdan kelin olishini bildiradi. Tushida o‘zi yolg‘iz qarsak chalayotganini va xursandchilik qilayotganini ko‘rsa, g‘amu anduh yetishiga dalildir. Tushida qozi yoki sulton uning o‘ng qo‘lini kesganini ko‘rsa, Ibn Sirin (r.a.) qavli bo‘yicha, akasi yoki ukasi, opasi yoki singlisining yoxud farzandining o‘limiga dalil bo‘ladi. Agar ikki qo‘lining kesilganini ko‘rsa, kasbidan va murodidan benasib bo‘lishini bildiradi.
Tushida bir qo‘li bilan ikkinchi qo‘lining terisini shilayotganini ko‘rsa, o‘z odamlariga jafo va zulm qilishiga dalildir.
Tushida o‘z qo‘lini pichoq bilan kesayotganini ko‘rsa, biror kishi bilan xusumatlashishi yoki ko‘ngli biror odamga mashg‘ul ekanligiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Vaqtiki, ular Yusufni ko‘rdilar, hayratda qoldilar va qo‘llarini kesib oldilar (Yusuf surasi, 31-oyat).
Agar qo‘llarining kaftini bir-biriga ishqayotganini ko‘rsa, qarindoshiga uylanishini bildiradi. Tushida bir qo‘lini kesganlarini va dorga osganlarini ko‘rsa, o‘sha yer amirlari ishdan ketishiga dalildir. Tushida hayvonlarga o‘xshab, to‘rt oyoqlab yurayotganini va yuzlari osmonga qaraganini ko‘rsa, qiyin orzulari borligini va ularga g‘oyat qiynalib yetishiga dalildir.
Tushida qo‘llari onadan tug‘ilgan paytdan boshlab qurib qolganini (ya’ni ishlamasligani) ko‘rsa, sadaqa berish va xayru ehson qilishdan qolganini bildiradi.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushida qo‘llari nina bilan tikilganini ko‘rsa, himmati ilmu donishga qaratilganini bildiradi. Tushida qo‘li kesilganini, biroq o‘ng yoki chap qo‘li ekanini bilmasa, musibat yetishiga dalildir. Tushida qo‘li kesilganini, o‘zi Qur’on o‘qiyotganini ko‘rsa, ma’siyatdan qo‘l tortishini bildiradi.
Ta’birchilarning aytishlaricha, tushda qo‘l kesilishi umrning uzoq bo‘lishi, isyonni tark etishi, xayrli ishlar bilan mashg‘ul bo‘lishiga dalildir. Tushida o‘ng qo‘lini birorta gunoh uchun kesilganini ko‘rsa, uning yolg‘onchi va bediyonat ekaniga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushda qo‘llarini bo‘yniga chambarak qilganini ko‘rsa, yaxshi ishlarni qilishi, namoz, toat, Qaj va g‘azo amallarini bajarishi va yoqimli ishlarni bajo keltirishiga dalildir. Agar o‘ng qo‘lini kesilganini tush ko‘rsa, yolg‘on qasam ichishiga dalildir. Tushida uning qo‘lini tanidan olib, podshohning taniga o‘tqizganlarini ko‘rsa, podshoh yaxshi bo‘lsa, xayriyatlar va din durustligi bo‘ladi, bordi-yu podshoh yomon va bediyonat bo‘lsa, dinda buzuqlik va nosozlik bo‘ladi. Tushida bir qo‘lining ikkinchi qo‘lidan uzunroq bo‘lib qolganini ko‘rsa, quvvat, izzat va nimaki qidirayotgan bo‘lsa, uni topadi.
Tushida ikki qo‘li bilan yurib ketayotganini ko‘rsa, ishlariga ishonch qolmaganiga dalildir. Ta’birchilarning aytishicha, qarindoshlaridan foyda topadi. Tushida qo‘lu oyoqlari u bilan gaplashayotganlarini ko‘rsa, xayoti yaxshi bo‘lishini bildiradi.
Ismoil Ang’as (r.a.)ning aytishicha, tushida qo‘llari podshoh qo‘li bo‘lib qolganini ko‘rsa, ulug‘lik va podshohlik topishiga dalildir. Tushida o‘ng qo‘li oltindan bo‘lib qolganini ko‘rsa, davlati qo‘ldan ketishini bildiradi. Tushida qo‘lini ishqor va sovun bilan yuvayotganini ko‘rsa, umidsizlikka tushishini bildiradi. Tushida ta’biri yaxshi hisoblanadigan biror jonivor chap qo‘lidan chiqib, o‘ng qo‘liga kirib ketganini yoki o‘ng qo‘lidan chiqib, chap qo‘liga kirib ketganini ko‘rsa, g‘amdan qutilishiga dalildir va ishlarining oqibati soz bo‘lishini bildiradi. Agar bu jonivor ta’birda yomon bo‘lsa, bir zaif odamga yomonlik ko‘rsatishiga dalildir. Tushida qo‘li ishlamay qolganini ko‘rsa, buzuq ish bobida suhbat qo‘rishiga dalildir. Tushida bir odam uning qo‘lini qo‘liga olsa yoki qo‘lini bo‘yniga tashlasa, u odam xoh tirik, xoh o‘lik bo‘lsin, tush sohibining umri uzun bo‘lishiga dalildir. Tushida birorta mushrik (g‘ayridin) qo‘liga qo‘llarini qo‘yayotganini ko‘rsa, o‘sha mushrik bu odam qo‘lida musulmon bo‘lishini bildiradi.
J a’f ar Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi qo‘l o‘n-ikki narsaga dalildir: aka-ukaga; opa-singilga; sherikka; do‘stga; farzandga; yo‘ldoshga; quvvatga; qodirlikka; rahbarlikka; molga; ulfatga; hunar va san’atga.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *