Tushda qo’zichoq | Тушда кузичок

QO‘ZICHOQ (BARRA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qo‘zichoq xoh erkak bo‘lsin, xoh urg‘ochi bo‘lsin, farzandni bildiradi. Agar qo‘zichoqqa ega bo‘lganini ko‘rsa yoki kimdir unga berganini ko‘rsa, farzand tug‘ilishini bildiradi. Agar qo‘zichoqni so‘yganini ko‘rsa, farzandining o‘lishiga dalildir.
Agar qo‘zichoq go‘iggini yeyayotganini ko‘rsa, farzand sababli, unga qayg‘u g‘am yetishiga dalil bo‘ladi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushda qo‘zichoq ko‘rmoq xayru manfaat yaxshilik, halol mol bo‘ladi. Bu narsalar qo‘zichoqning katta yoki kichikligiga bog‘likdir. Agar qo‘zichoqqa ega ekanini ko‘rsa, shu qo‘zichoqning ko‘rinishiga muvofiq, molu boylik topadi. Agar qo‘zichoq yoki echki bolasini so‘ysa yoki yesa, bu so‘yish uning go‘shti tufayli bo‘lsa, farzand sababli unga musibat yetishiga sabab bo‘ladi.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishlaricha, tushda qo‘zichoqni ko‘rmoq to‘rt narsaga dalildir: farzandga; halol molga; maishatga; g‘amu anduhga.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *