Tushda yakka shaharlarda ko’rish, o’zini boshqa shaharlarda ko’rish | Тушда якка шахарларда куриш, узини бошка шахарларда куриш

YAKKA SHAHARLARNI KO‘RISH (SHAHRHOYI MUFRAD DIDAN) Agar o‘zini Madina shaharida ko‘rsa, savdogarlardan manfaat topishiga, Vosiy shaharida ko‘rsa, dindor va taqvodor bo‘lishiga, o‘zini Basra shaharida ko‘rsa, dunyodan bahramand bo‘lishiga dalildir. Agar o‘zini Kufa shaharida ko‘rsa, odamlardan rohat topishiga, o‘zini Muvsil shaharida ko‘rsa, murodi hosil bo‘lmasligiga dalildir.
Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushida o‘zini Halab shaharida ko‘rsa, ulug‘ bir kishidan foyda topishiga dalildir. Agar o‘zini Damashq shaharida ko‘rsa, rizqi keng bo‘lishiga dalildir.
Agar o‘zini Bayt ul-Maqdasda ko‘rsa, taqvodor bo‘lib, Haj qilishiga dalildir. Agar o‘zini Darband shaharida ko‘rsa ishlari yurishmasligiga dalildir. Agar o‘zini Tabriz shaharida ko‘rsa, g‘amga dalil bo‘ladi. Agar o‘zini Qazvin shaharida ko‘rsa, ulug‘ kishi bilan suhbat tutishiga dalildir. Agar o‘zini Ray shaharida ko‘rsa, qasam ichishiga dalildir. Agar o‘zini Nishopur shaharida ko‘rsa, ulug‘larga yetishishiga dalildir. Agar o‘zini Tus shaharida qo‘rsa foyda topishiga dalildir. Agar o‘zini Koshg‘arda ko‘rsa, g‘amgin bo‘lishiga dalildir. Agar o‘zini Iskandariya shaharida ko‘rsa, ishidan pushaymon bo‘lishiga dalildir. Agar o‘zini Sherozda ko‘rsa,.ishratga mashg‘ul bo‘lishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda shaharlarni ko‘rish to‘rt narsani bildiradi: dinu diyonatni; aysh bilan umr o‘tkazishni; o‘zining jufti halolidan foydalar ko‘rishni; rohatni.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *