iPhone mobil qurilmangiz sim kartangizdagi kontaktlarni ko’rsatmasa nima qilish kerak?

Apple iPhone bir qarashda oddiy qurilma emasligi va undagi boshqarish tizimi Android tizimidagi qurilmalarga qaraganda anchagina farqlanishi haqida ko’pchilik habardor bo’lsa kerak. iPhone qurilmangizga sim karta solishingiz bilanoq undagi kontaktlarning darhol ko’rsatmasligi ham ayni shu farqlarning bittasidir. Ushbu kichik bosh botirmasi yechim topguningizga qadar anchagina sizni ovvora qilishi turgan gap. Ushbu maqola orqali sizga iPhone qurilmalarida sim kartadagi kontaktlarni ko’rsatishni o’rgatamiz.

SIM-kartadagi kontaktlarni qanday qilib ko’rish mumkin?

Apple kompaniyasining kontsepsiyasiga ko’ra. Har qanday ma’lumot qurilmaning xotirasida yoki internet tarmog’ida masofadan turib saqlanishi kerak. Buning afzalligi shundaki, siz har qanday vaqt va har qanday sharoitda siz o’z ma’lumotlaringizni ko’rish va boshqarish imkoniga ega bo’lasiz. Shuning uchun iPhone ga SIM kartani joylashtirganingizdan so’ng kontaktlarni telefonning hotirasida ko’chirishingiz (import qilish) kerak bo’ladi.

Kontaktlarni import qilish:

1. Telefoningizdan Настройки ga kiring;

2. Почта, Адрес, Календари ushbu punktni izlang unga kiring. Menyuning bu pukti kontaktlarni iPhone ga yuklashda (zagruzka) yordam beradi.

3. Endi Импортировать контакты сим knopkasini toping va ustiga bosing.

4. 3 sekund kuting.

Mana bo’ldi. Endi sim kartangizdagi barcha kontaktlaringiz sizning telefoningizga ko’chirildi. Контакты menyusiga kirib tekshirib olishingiz mumkun. Ha to’g’ri o’yladingiz, hammasi siz o’ylagandan ham oson va juda oddiy. Maqola sizga manzur bo’lgan bo’lsa, uni yuqori baholang. Mavzuga oid har qanday savollar bo’lsa kommentariyada izoh qoldiring.

Maqola mualliffi: Shohjahon Mahammadjonov

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *