Tushda shippak, tapochka | Тушда шиппак, тапочка

Ibn Sirin: Kim safarda kiyadigan shippakni ko’rsa, o’zi safarga chiqadi, yoki tushda unga sherik bo’lgan odam chiqadi. Yoki u uchun mol safar qiladi. Bularning bari tushda uni kiyib yurishga bog’liq. Agar safarda malollashib turgan bo’lsa va tushda uni kiysa, safari tamom bo’ladi. Agar uni kiyib yurmasa, safari tamom bo’lmaydi. Agar uni tagi uzilib ketsa, yoki o’zi sug’urib olsa, safaridan muqim bo’lib, yo’ldan qaytadi. Kim tushida oyog’idagi shippakning biri yechilib, bir poyi bilan yurib ketsa, bu akasi yoki singlisi yoki safar yuzasidan bo’lgan sherigidir. Ikki shippakdan biri yechilsa, safardagi birodaridan ajraladi. Agar uni akasi yoki tengi bo’lmasa va shippagini zoye, quduqqa tushib ketgan holda ko’rsa, bu hotinidagi nopoklikdir. Agar bundan keyin uni sog’lom shikastsiz holda ko’rsa, hotini kasal bo’lib, so’ng tuzaladi yoki hotini eridan ajrashadi. Yoki bu kabi hodisa bo’lib, so’ng hotin eriga qaytadi. Agar tushda shippak undan o’g’irlanib, uni boshqa odam kiyib olsa, so’ng uni o’ziga qaytib kelsa, shippak egasi uchun bunda yaxshilik yo’q.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *