Diqqat, Windows 10 navbatdagi yangilanishi havfli: Fayllar yo’qolib qolishi va ovoz yo’qolib qolishi mumkin.

Nazarimizda Windows 10 KB4556799 seriyasidagi yangilanishida xavfsizlikni kuchaytirishi kerak edi. O’tgan seshanba, 2020-yil 12-may kuni Microsoft o’zining Windows 10 operatsion tizimi uchun an’anaviy «Patch Saturday» yangilanishini chiqardi, ammo bu yangilanish foydalanuvchilarga qator muammolarni keltirib chiqardi.

Eslatib o’tish kerakki KB4556799 seriyali yangilash Internet Explorer va Microsoft Edge brauzerlarining xavfsizligini oshirish, Microsoft Xbox va Microsoft Office mahsulotlar to’plamidan foydalanish va boshqa kichik hatoliklarni yopish uchun degan tavsifi bilan ommaga tadbiq etilgan edi.

Uni o’rnatgan foydalanuvchilar ikkita asosiy muammo haqida shikoyat qila boshladilar. Birinchidan, ovoz bilan bog’liq muammolar mavjud edi. Ba’zi bir foydalanuvchilarning fikriga ko’ra, Windows 10 barcha audio drayverlarning konfiguratsiyalarini qayta o’rnatdi va hatto Realtek drayverlarini o’chirib tashladi. Boshqa foydalanuvchilar xabar berishlaricha, o’rnatilgandan so’ng tovush audio uskunalarga «etib borishni» to’xtatgan. Natijada, karnaylar va hatto minigarnituralar hech narsa yangratmay qo’ydi.

KB4556799-ni o’rnatganlar bilan yuzaga keladigan ikkinchi katta noqulaylik bu — foydalanuvchining vaqtinchalik profilini o’chirishlishi bo’ldi. Jabrlanuvchilar fayllar, rasmlar va hujjatlar etishmayotganidan shikoyat qilmoqdalar. Windows dasturiy taminoti foydalanuvchilardan biri ushbu yangilanishga oid quyidagicha shikoyat qiladi:

Kompyuterim avtomatik ravishda ushbu versiyaga yangilandi va barcha kompyuter fayllarim o’chirildi. Men ularni qanday tiklashni aniq bilmayman va bundan ham battar bo’lishini xohlamayman.

Ushbu muammo Windows 10 dasturiy yangilanishidan keyin ham bir necha bor kuzatilgan. Takroran qayta yoqish ba’zi foydalanuvchilarda muammoni bartaraf etgandi. Ammo bu usul hamma uchun ham birdek yechim yaratmadi. Biroq, shaxsiy kompyuterdagi yangilanishni olib tashlash yoki uni bekor qilish ushbu muammodan xalos bo’lishga yordam beradi.

Пример HTML-страницы

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *