Android smartfonlarida OK Google-ni qanday o’chirib qo’yish mumkin?

Google Voice Assistant — bu undan foydalanadigan odamlar uchun qulay xususiyat. Ammo uni qurilma ekrani bloklangan bo’lsa ham ishga tushirish mumkinligi biroz noqulay narsa. Bu zerikarli, ayniqsa ovozli yordamchi chaqirilmaganda ham o’z o’zidan ishlab ketaversa. Mana shuning uchu men telefonimdagi Ok, Google funktsiyasini o’chirib qo’yishga qaror qildim, ammo bu oson bo’lmadi.

Nega Ok, Google-ni o’chirdim?

  • Google yordamchisi mening barcha suhbatlarimni tinglayotganligi menga yoqmaydi. Garchi ular meni hech ham bunday emasligiga ishontirsalar ham, hafsizlik borasidagi qoidalar ularning ommaviy offertasida kiritilgan bo’lsa ham o’z ma’lumotlarimni himoya qilishni afzal ko’raman.
  • Telefonning uyqu (не беспокоит) rejimida ishlashi batareyani behuda sarflaydi, ya’ni smartfon to’la zaryadi bilan avvalgidanda ozroqqa yetyapti.
  • Mening bu ajoyib yordamchim ko’pincha eshitish gallyutsinatsiyalariga ham ega. U «Ok Google» ni hatto unday bo’lmagan iboralarda ham eshitadi. Javob mening ovozimdan kelmasa ham qabul qilishga doim tayyor ekanligi bu ikki baravar yoqimsiz.

Telefonda Ok, Google-ni qanday o’chirib qo’yish mumkin?

Google dasturini qurilmamizdan qidirib topamiz va ushbu dastur ustiga bosamiz. Menimcha, u sizning qurilmangizdagi ham Google guruhidagi dasturlar ichida joylashgan. Chunki bu google ning standart vazifasi. Qachonki siz joyini o’zgartirguningizgacha standart guruhida qoladi. Androidning eski versiyalarida uni Google Now deb nomlash mumkin.

Telefon ekranining pastki qismi o’ng tarafida uchta nuqtali tugma bor, u odatda Ещё deb berilgan bo’ladi. Shu tugmani bosing.

Endi esa настройки (Sozlamalar) bandini tanlang.

Keyin Google ассистент bo’limini izlang va o’sha bo’limga kiring.

Yuqorida ikkinchi o’rinda turgan Ассистент (yordamchi) bo’limiga o’ting. Endi o’sha bo’limning pastki qismidagi Телефон yozuvi ustiga bosing.

Endi Voice Match funksiyasini o’chiring.

Tizim «Ok Google» faqat «Avtomobilda» rejimida, Google Map (Xaritalar) va kerak bo’lganda boshqa ilovalarda ishlashi mumkinligi haqida ogohlantiradi. Ok tugmasini bosing.

Ana endi smartfoningizni odatiy ish faoliyatida ham qulflangan holatida ham ekranda «Ok Google» ovozli qidiruv hizmati ishga tushmaydi.

Maqola muallifi: Shohjahon Mahammadjonov

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *