Chayon burji haqida malumot

Chayon (23 oktyabr — 22 noyabr)

Chayon burji xarakteri va bir birlariga mosligi haqida malumot – o’zini bosiqlik bilan nazorat qila olish, yutuq va kamchiliklarini to’g’ri baholay olish fazilatlari bilan ajralib turadigan chayon burji vakillari ayni paytda o’z qadr – qimmatini ham juda yuqori qo’yadilar. Bazida ular bilan bog’liq shunday holatlar yuzaga keladiki, hatto ularni tanimay qolishingiz mumkin. Ular tashqi ko’rinishlari bilan ham, gapirgan gaplari bilan ham boshqalarda o’zlariga nisbatan rahm – shavqat tuyg’usi paydo qilishni istamaydilar.

Qanchalik tashvishlari ko’p bo’lmasin, birovga, hatto eng yaqin do’stlariga ham bu haqida bildirmaydilar. Hamma narsani ichlariga yutadilar. Ular shu darajada to’g’ri odamlarki, hushomadni, ishlarini bitkazish uchun birovga yaltoqlanishni o’zlariga or deb biladilar.

Hamkorlaridan kimdir ularga nisbatan adolasizlik yoki hiyonat qilayotganini sezib qolsalar, hech ikkilanmay undan voz kechadilar va bu qanchalik og’ir yo’qotish bo’lmasin qilgan ishlaridan afsus chekmaydilar.

Chayon burjiga mansub kimsalar manfatlari yo’lida o’zidan ojiz yoki kuchsiz bo’lganlar bilan bahslashib o’tirmaydilar. Ular uchun manfaat birinchi o’rinda turmaydi. Odam har doim halol bo’lishi kerak: qilayotgan ishiga nisbatan ham, gapirayotgan gapigayu odamlar bilan munosabatda ham… Agar siz shunday insonni uchrasangiz, bilingki, u chayon burji vakillaridan biri bo’lib chiqishi mumkin.

Chayon burjiga mansub kishilar, atrofdagilardan ham o’zlariga nisbatan halol munosabatni kutadilar, agar shunday bo’lib chiqmasa, qattiq iztirobga tushib qoladilar. Mard, aytgan so’zidan qaytmaydigan, bergan vadasining ustidan hamisha chiqadigan chayon burji vakillarini xuddi shunday fazilat egalari bo’lganlari uchun ham odamlar nihoyatda qadrlaydilar.

Ular bor davrada ko’pincha sukunat hukumron bo’ladi. Inson psixologyasini yaxshi tushunadigan odamlar chayon burjida tug’ilgan insonlar bilan do’st tutunishni orzu qiladilar, chunki ular sadoqat bobida tengsizdirlar. Ularni hamisha to’g’ri tushunadigan odamga ko’pda ehtiyoj sezganlari sabalimi, o’zlari bilan hamfikr insonlarni juda qadrlaydilar.

Chayon burji: erkaklar xarakteri haqida

Aslida ko’pchilik ayollar erkaklarda chayon burji erkaklariga hos fazilatlarni ko’rishni istaydilar. Ammo bu gapirishgagina oson. Chunki chayon burjidagi erkaklar juda talabchan, qattiqqo’l, jaxli tez va his – tuyg’ularini hech qachon sirtdan namoyon qilmaydilar. Ular o’z ayollarini, oilalarini dildan sevadilar, ularga Mehribonlik ko’rsatish va himoya qilishni o’zlarining burchi deb biladilar.

O’z navbatida esa ayoli ham o’z vazifasini yaxshi tushunib yetmog’i va qoyilmaqom qilib uddalamog’i kerak. Chayon burji erkaklari o’z sirlarini hammadan berkitishlari mumkin, ammo ulardan sir berkitib bo’lmaydi. Chayon burjida tug’ilgan erkaklar qanday mavqeda bo’lishmasin, erkak kishini hurmat qilgan va hamisha ulardan o’zini bir pog’ona past tutgan ayollarni hurmatga sazavor ayollar deb hisoblaydilar.

Ularning ro’zg’orlari hamisha but bo’ladi. Farzandlarini o’zgacha qalb sohiblari qilib tarbiyalaydilar. Ular farzandlariga bir gapni bot – bot takrorlashdan hecham charchamaydilar: qanday holat bo’lmasin menga hech qachon yolg’on gapirma.

Chayon burji: ayollar xarakteri haqida

G’ururi juda baland chayon burji ayollari tabiatan ham juda bosiq, har bir gapni o’ylab gapiradigan ayollar toifasidandirlar. Atrofdagilar ularga hamisha o’ylab muomala qiladilar. Ularga har qanday gapni gapirish mumkin emas. Juda mulohazali ekanliklaridan kamdan kam hollardagina muammoli vaziyatlarga duch keladilar.

Ular erkaklardagi mardlikni qadrlaydilar. Ammo ularning ishlariga hadeb aralashaveradigan odamlarni jinlari suymaydi. Chunki ular o’zlarining dunyolari bilan yashaydilar. Bu haqida boshqalar bilishi shart emas, deb hisoblaydilar. Erkaklar tomonidan ularga nisbatan bildirilgan ishonchsizlikni hazm qila olmaydilar.

Turmush o’rtog’lari chayon burjida tug’ilgan erkaklar bemalol hotirjam bo’lishlari mumkin, chunki ayollari ularni hech kimga teng ko’rmaydilar. Muhabbatlarini oshkora namoyon etmasalarda, doimo sizning ko’nglingizni ovlash, sizga yaxshilik qilish haqida o’ylaydilar.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *