Qovg’a burji haqida malumot

Qovg’a (21 yanvar — 19 fevral)

Qovg’a burji xarakteri va bir birlariga mosligi haqida malumot — deyarli barcha inson kamalakni yoqtiradi, ammo Qovg’a burji vakillari uni sevadi, sababi qovg’alar Kamalakda hayot kechiradi. Qovg’a burjidagilar kam bo’lsada orzulari ro’yobga chiqishiga umid bildiradi. Lekin bu burjdagilar ko’proq realist inson sanaladi.

Bordiyu siz ushbu burj vakili bilan yaqin bo’lsangiz, demak kutilmagan sarguzashtlarga tayyor bo’lavering. Ularning ko’pchiligi mehribon hamda oqko’ngil insonlardir. Qovg’a burjidagilar jamoa fikriga ko’p hollarda qarshi chiqishadi va bu Qovg’alarga yoqadi.

Bundan tashqari Qovg’a burjidagilar kutilmaganda og’ir va tashvishli kuningizda sizni hayratga soladi. Bordiyu hohlab qolsalar, jamoatchilik orasiga kiyimsiz chiqishlari hech gap emas. Sevgisi omadsiz yakunlanganda esa do’st bo’lib qolishni taklif qilishni ulardan kutavering.

Bordiyu Qovg’a burjiga mansub biron bir kishining sizga nisbatan mehri so’ngan bo’lsa, ularni bu yo’ldan qaytarishga urinishingiz befoyda kechadi. Bazi paytlarda ular nima hohlashyotganini tushunmaysiz ham, buning sababi shuki, qovg’alar faqat o’zlari hohlagan olamda yashaydilar. Bundan tashqari shuni takidlash joizki, Qovg’a burjidagi insonlar orasidan 70 foizi mashxur kishilar bo’lgan.

Qovg’a burji: erkaklar xarakteri haqida

Qovg’a burji sohiblarining sevgi borasida tutgan o’rni boshqa burj vakillariga nisbatan tubdan farq qiladi. Bundan tashqari ulardan ishonchli va yaqin do’st topishingiz mumkin. Qovg’alar o’z sevgisi uchun juda qattiq qayg’uradi, sevish va sevilish ular uchun juda oliy tuyg’u. Biroq bu burjga mansub kishilardan birontasi sizni sevib qolsa, buni zinxor oshkor etmaydi.

Bordiyu Qovg’a burjidan birontasi sizni yoqtirmasligini aytsa, demak buning zamirida biron gap borligi aniq. Ular sizga hushmomila ohangda gapirishi mumkin, lekin uning jahli chiqgan payt bularning barchasi chipakka chiqadi.

Shuning uchun ham ularni aldash yaxshilikka olib kelmaydi. Bordiyu shunday bo’lsa, sizga nisbatan mehri so’nishi mumkin. Yana bir tomoni Qovg’a burjidagi insonlar misli ko’rinmagan ishlar qilishga ham qodir sanaladi. Bu burjga mansub kishilarga, so’zida qatiy turuvchi ayollar ko’proq yoqadi.

Qovg’a burji: ayollar xarakteri haqida

Qovg’a burjida tug’ilgan ayollar erkaklarni qanchalik hurmat qilib yaxshi ko’rmasinlar, ular tomonidan talab qilinadigan qattiq tartib – intizomga chiday olmaydilar. Tabiatan juda erkatoy bo’lgan bunday ayollar bir kun kelib o’zlarining bu ishlari bilan turmush o’rtoqlarining g’azabiga duchor bo’lish haqida o’ylab ham o’tirmaydilar.

Agar bordiyu shunday holat yuz bergudek bo’lsa, shunday jahl otiga minadilarki, ularni tanimay qolishingiz hech gap emas. Qovg’a burji ayollarini ko’proq erkaklarning obro’martabasidan ko’ra, tashqi ko’rinishlari – o’ktamligi, gap – so’zlarining manodorligi qiziqtiradi.

Ular kimnidir o’z taqdiriga sherikchilikka tanlasalar, bo’lajak juftlariga oldindan o’zlariga nisbatan sadoqatli bo’lish shartini qo’yadilar. Mazkur burj ostida tug’ilgan ayollar har qanday sharoitga osonlik bilan moslashib keta oladilar va hissiyotga beriluvchang emaslar.

Ular sizga shunchalik ishonch bildidradilarki, o’zingiz har bir hatti – harakatingizni qanday qilib boshqaryotganingizni bilmay qolasiz. Qovg’a burji ayollari erkaklardagi ayollar ko’ngliga yo’l topa olish fazilatini qadrlaydilar. Va o’z turmush o’rtoqlarini shunday hislatga qarab qattiq hurmat qiladilar.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *