3 raqami ostida tug’ilgan insonlar

3 qandaydir voqea – hodisalar bilan bog’liq va oldindan aytib bo’lmas alohida raqam. Chunki biz uch o’lchamli bo’shliqda yashaymiz. Ko’pgina halqlarning ertaklarida ham aynan shu raqam ishlatiladi. Dunyoda uchta asosiy din bor. Qadimda yer sayyorasi uchta kit ustida turadi, degan aqida mavjud bo’lgan va hokazo.

Uch raqami jangu jadal timsoli, greklarda esa urush Hudosi timsoli manosini anglatadi. Eramizdan avvalgi V asrda yashagan ion Xasskiy «uch karra jang» nomli asarini «sehrli» raqamlarga bag’ishlagan. Aniqrog’i, pifagorchilarning «xosiyatli» raqami bo’lgan uch soniga bag’ishlangan bu kitobda aytilishicha, «hamma narsa bu – uchdir, uchdan katta yoki kichik hech narsa yo’q. Har qanday mavjudlikning mukammalligi muqaddas uchlik – aql, kuch va bahtdan iboratdir».

Sehr – jodu amaliyotida jodu hisobi uchdan boshlanadi. Ko’z tekkanda kasalikka qarshi uch marta duo o’qiladi. Chunday ekan, ushbu raqam vakillari hayotiy quvvat sohiblaridirlar. Qiyin sharoitlarga qanchalik chidamli, sobit irodali bo’lishlariga qaramay, qaror qabul qilish kerak bo’lgan vaziyatda o’zlari mustaqil ravishda bunday qilolmaydilar.

O’zlariga ko’proq yon bosadi

Ular o’zlarini, qilayotgan ishlarini tahlil qilyotganda ko’proq o’zlari tomon yon bosadilar, yani aybini o’zlaridan emas, boshqalardan qidirishadi. Bunday insonlar o’z obro’ylarini doim saqlab turishga jon-jaxdlari bilan harakat qiladilar. Ularni hotirjam qilib turuvchi yagona taskin bor: «faqat men bunday emasman!»Bunday tabiatli odamlarning jamoaga boshliq bo’lishlari maqsadga muvofiq emas.

Ular uchun moddiy qiziqishlari hamisha birinchi o’rinda turadi. Tug’ilgan oy sanasi 3 ga teng bo’lgan insonlar tabiatan juda ko’ngli nozik, gap ko’tarolmaydiganlar toifasidan. Tasirchang bo’lganliklaridan hamma narsani tez yuragiga oladilar. Taqvodor, urf-odatlarni juda qadrlaydilar.

Shuningdek, ushbu raqam sohiblari ko’pincha mashxur bo’lishadi, ularga hasad qiluvchi dushmanlari ham ko’p. Birdaniga bir nechta ishga kirishib, hammasiga ulgura oladilar. Qiziqishlari turlicha, har xil sohada faoliyat yuritishga doim shay turadilar. Ular tug’ma rahbar va yetakchi hamdir. Hayotda ham, sevgi va ijodda ham faol.

Ularning qiziqishlari turlicha

Ayol yoki erkakligidan qaatiy nazar sayr-sayohat, sport, ayniqsa, harbiy sanatni sevadilar. Ushbu sanada tug’iganlarning boshqalardan farqli yagona xususiyati – ular tashqi ko’rinishlari bilan boshqalarda ko’pincha tushkun kayfiyatdagi odamdek tasavvur uyg’otadi, ammo aslida bunday emas.

3 raqami sohiblarining muammosi – hayot. Ushbu sanada tug’ilgan ayollar bashang kiyinib yuradigan, shuhratparast erkaklarni yoqtirishadi. Erkaklarning ham ayollarga nisbatan talablari katta. Tabiatan juda o’jar. Biror masalada nohaq bo’lishsa-da, o’zlarining haqligini jon-jahdlari bilan isbotlashga harakat qilishadi.

Qilayotgan ishlaridan hech qachon qoniqishmaydi, shu bois har doim o’zlariga muammo tug’dirib olaveradilar. Ko’pincha ularni tushunish qiyin kechadi. Kayfiyatlarini tezda o’zgartira oladilar. Arzimas ish yoki voqea ham kayfiyatini tushurib yuborishi mumkin. Chu bilan birga ular bunday kayfiyatdan qanday chiqib ketish mumkinligini ham yaxshi bilishadi.

Do’stlariga beminnat yordam beradilar

Umidsizlikka uzoq vaqt tushib qolishmaydi. Eng yaxshi tomoni, ularga chin dildan do’st bo’lgan insonlarga beg’araz, evaziga hech narsa kutmasdan g’amxo’rlik qila oladilar. Shuningdek, tug’ilgan sanasi 3 raqami bilan bog’liq insonlar o’zlariga, o’zlarining kuchlariga shubha bilan qarashmaydi. Hayotdan zavq olib yashashni, hayotning barcha tuhfalarini o’z foydasiga hal qilishni bilishadi.

Har qanday qiyin sharoitda ham o’z hayotlaridan mamnun bo’la oladilar. Ular hech qachon pulsiz qolishmaydi va har qanday sharitga osonlik bilan ko’nikib keta oladilar. Nikoh va sevgida ularning erkinligiga hech kim qarshi chiqmasligi kerak. Faqat manfatlari uyg’un, shuningdek, siyosat, shou-biznes yoki jamoat ishlaridagi ishtiroki bir hil bo’lsagina jufti bilan bahtli hayot kechirishlari mumkin.

Ko’pincha bunday odamlarning nikohi hisob-kitob asosiga qurilgan bo’ladi. Omad yoki omadsizlik, boylik yoki kambag’allik, tantana yoki fojia, xullas, har qanday sharoitda o’z qarashlarini o’zgartirmaydilar. Chaxsiy manfaati birinchi o’rinda. Ularga yaraqlagan Yupiter, yani hokimyat va pul sayyorasi homiylik qiladi.

Yaqin raqamlari – 12, 21. Omadli hafta kuni – payshanba. Guli – Nilufar, rangi – qizil, siyoxrang. Salomatlik masalasida ular asab buzilishlari, teri muammolari, bo’g’im va oshqozon kasalliklariga duch keladilar.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *