5 raqami ostida tug’ilgan insonlar

5 baht va omad ramzi. Bu raqam ostida tug’ilganlar juda kuchli siyosatchilar. Cheksiz quvvat va aqliy imkoniyatga ega. Ular kun davomida 24 soatlab ishlashlari mumkin, lekin bu tinimsiz mehnatlari o’zlari uchundir. Chaxsiyatparsat. Yolg’izlikdan nihoyatda qo’rqishadi. Tashqi ko’rinishlaridan ancha hotirjam ko’rinsalar – da, boshqalar ularni maqtashlariga juda muhtoj.

Ko’pincha juda hushchaqachaq kayfiyatda yuradilar. Qobilyatli va davralarda o’z fikirlarini bemalol ayta oladilar. Boshqalarning diqqatini jalb qilishni yoqtirishadi. O’z qadrlarini yuqori baholaydilar. Boshqalarga maslahat berishni ham, boshqalarning fikri bilan ish qilishni ham yoqtirishmaydi.

Bundaylar o’zlarining yutuqlari va kamchiliklarini benuqson nazorat qila oladilar. Ular shu qadar murakkab harakterdagi insonlarki, hech qachon, hatto yaqin do’stlariga ham ko’nglidagini ochiq aytmaydilar. Jumladan, sevgi bobida ham ular tuyg’ularini oshkora nomoyon qilavermaydilar. Bu, ehtimol, o’z erklarini qo’ldan berishni istamaganliklaridan bo’lsa ajabmas.

Nigohlari barchasini aytib beradi

Ko’nglida nima borligini faqat ularning nigohlaridan sezish, o’qish mumkin. Ushbu raqam sohiblari o’zlari uchun qayerda yaxshi yashash mumkin bo’lsa, o’sha yerni tanlashadi. O’zlarining ishiga boshqalarning yordam berishlarini unchalik hush ko’rishmaydi, hammasiga o’z mehnatlari bilan erishishni, barcha muammolarini boshqalarning ishtirokisiz hal qilishni afzal bilishadi.

Tug’ilgan oyi 5 raqamiga to’g’ri keladigan insonlar har qanday mushkul vaziyatdan osonlik bilan chiqib ketib, Hayratnalarli jihati, tezda to’g’ri qaror qabul qila oladilar. Tabiatan ancha sabirsiz va shoshqaloq. Bo’sh vaqtlarini ziyofatlar-u, bayramlarda o’tkazishdan ko’ra kitob o’qish yoki o’zlari yoqtirgan inson bilan o’tkazishni maqul deb bilishadi.

Ular doim qandaydir g’oyalar bilan band bo’ladilar. Bir ishni zo’r ishtiyoq bilan boshlashadilar-u, ko’pincha uni ohirigacha yetkazolmaydilar. Bunga ularning sabri yoki paydo bo’lgan biror to’siq sabab bo’lishi mumkin. Sal narsaga tezda jahillari chiqsa-da, hech qancha vaqt o’tmasdan hech gap bo’lmagandek keta oladilar.

Hafa bo’lishlari amri mahol

Ularni hafa qilish juda qiyin, hamma narsani o’zlariga olavermaydilar. 5 sanasi sohiblari tabiatan xushchaqchaq (optimistik) kayfiyatdagi odamlar bo’lib, hamma narsani birinchi qabul qiladilar. Boshlariga biror musibat tushganda va yoki ishlari o’ngidan kelmay qolganda ularga hamdardlik bildirmoqchi bo’lsangiz, jimgina yelka qisib qo’ya qolishadi: «shunday bo’lishi kerak bo’lgani uchun bo’ldi. Buyam yaxshilik alomati».

Ha ular hamma narsadan yaxshilikni ko’ra oladiganlar toifasidan. Hatto ashaddiy jinoyatchilar yoki ko’pchilik tomonidan yomon, bezori, qallob deya etirof etilgan kishilarni ham oqlay oladilar. Yani, hurmatga sazovor jihati, ular atrofdagi odamlarni har qanday vaziyatda ham to’g’ri tushuna oladilar, tushkunlikka tushib qolganlar ulardan maslahat so’raganlarida hayotlarini boshqatdan boshlashlari mumkin ekanligiga ishontira oladilar, shuning uchun ham ulardan ajoyib psixolog chiqishi mumkin.

5 raqami ostida tavallud topganlar juda ko’p narsalarni xayolan orzu qiladilar va o’ylaganlarini shunday bayon qiladilarki, go’yo ularning bu narsalarga erishuvi hech bir to’siqsiz amalga oshsa kerak, deb o’ylaysiz. Lekin aslida tasavvurlari har doim ham mukammal emas.

Ularga bog’lanib qolmang

Atrofdagi insonlar iloji boricha ularga bog’lanib qolmaslikka harakat qilishlari kerak, chunki ular odamlarni o’zlariga jalb qilishni xush ko’radilar-u, ruhiy munosabatga kelganda o’zlaridan nari itaradilar. Mazkur sana sohiblari uchun eng katta mukofot o’zlariga hadya etilgan erkinligidir.

Shu boisdan ham o’zlariga nisbatan taziyqni, cheklovlarni haqoratdek qabul qiladilar. Bundaylar ko’pchilik bo’lib bajariladigan ishlarni yolg’iz bajarishni yoqtirishadi. Shuning uchun o’zaro munosabatlarida ham erkinligini saqlashga harakat qiladilar. Kim bilandir hayotini bog’lash fursati yetganda o’z talablarini bemalol qo’ya oladilar.

Tug’ilgan sanasi 5 raqami bilan bog’liq insonlar shunday g’ayritabiy harakterga egaki, ularning fel-atvori haqida yakuniy hulosani aytib bo’lmaydi. Qanchalik hayolparast bo’lishmasin, haqiqiy hayot tarzidan butunlay uzulib qolmaydilar.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *