8 raqami ostida tug’ilgan insonlar

8 bu raqam omad va muvaffaqiyat ramzi bo’lsada, aslida ushbu sanada tug’ilganlarning ko’pchiligi jurasiz, biror ishga qo’l urishdan avval kishini hayron qoldiradigan darajada ikkilanadilar. Bir qarashda bunday odamlar boshqalarni o’zlaridan nariga itargandek bo’ladilar, lekin ular ham odamlar suhbatiga muhtojdirlar.

Birinchi tasavvuringizdan keyin ular haqida janjalkash, fitna qo’zg’ovchi degan hulosaga kelishingiz mumkin, lekin kerakli va to’g’ri hulosani ular bilan bo’lib o’tgan suhbatdan so’nggina chiqarish mumkin.

Bunday odamlar shaxsiy hayotlarida ko’pincha omadsizlikka duch keladilar. Ular maqsadlarini ham aniq belgilab ololmaydilar, ish faoliyatlarida esa o’zlariga ovunchoq bo’lgan biror keraksiz mashg’ulot topib oladilar. Jismoniy mehnat bilan mashg’ul bo’lishni unchalik yoqtirishmaydi, lekin kun bo’yi qog’ozlarga ko’milib o’tirishlari mumkin.

Moddiy jihatga alohida etibor qaratishadi

Dag’al qog’ozlar asablarini tinchlantiradi, ularning bu ishlari pullar bilan bog’liq. Agar o’ylagan ishlari o’ngidan kelmasa, bunday ish bilan boshqa hech qachon shug’ullanmaydilar. Tug’ilgan sanasi 8 raqami bilan bog’liq insonlar pul yig’ishni yoqtirishmaydi. Chunki ular moddiy masalani asosiy o’ringa qo’ymaydilar, lekin narsa – buyumlar yig’adilar.

Ajoyib tanqidchi va bunday insonlar bilan kelishib ish qilish boshqalar uchun koni foyda. O’ta vijdonli, boshlagan ishlarini oxiriga yetkazmay qo’ymaydiganlar toifasidan. Bazida, hatto boshqalarga yaxshi bo’lishi uchun o’zlarining halovatlaridan ham kechadilar.

Tabiatan nihoyatda o’jar, noziktab odam bo’lganliklaridan ular bilan murosaga kelish va bir umr birga yashash juda qiyin. Ularni tushunish mushkul savdo. Xushchaqchaq kayfiyatlari arzimagan sabab bilan ham yo’qolishi mumkin.

Maqtovlarsiz ham juda yaxshi yashayotgandek ko’rinsalarda, boshqalar tomonidan etirof etilishni istashadi. Ammo ularning barcha harakatlari ochiq nomoyon bo’lmaganligidanmi, bunday bahtga muyassar bo’lolmaydilar. Ularni atrofdagilar «puxta» yoki «ichidan pishgan» deya ataydilar.

Turmush masalasida juda ehtiyotkor

Sevgi – muhabbat bobida ham ular o’ta talabchan. Kimgadir ko’ngil qo’yishda ham, turmush qurish masalasida ham ko’ngilli emas, aqilni birinchi o’ringa qo’yadilar. Atrofdagilarda o’zlariga nisbatan «sovuqqon» degan fikrni paydo qiladi. Turmush qurishdagi birinchi shart – unga va faqat unga nisbatan g’amxo’rlik hamda qarindosh-urug’lariga nisbatan doimiy hurmatni talab qiladilar.

Bundaylarga hos muhim fazilat yaxshi tarbiya ko’rganliklari va farzandlariga ham shunday munosabat ko’rsata olishlaridadir. Tug’ilgan sanasi 8 raqami bilan bog’liq insonlar har qanday qiyinchiliklar boshlariga tushmasin, undan nolimaydilar. Bu qiyinchiliklar ortida huzur-halovat borligiga o’zlari ham ishonib, o’zgalarni ham ishontiradilar.

8 raqami sohiblari dili pok, soddadil insonlar bo’lib, ortiqcha takalluflarni yoqtirishmaydi. Ular uchun eng muhimi – samimiyatdir. Shuningdek, irim-sirimlarga, ismlar, kunlar, raqamlar bilan bog’liq bashoratlarga nihoyatda ishonadilar.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *