WordPress da maqolani alohida bo’limda ko’rsatish, bosh sahifadan yashirish.

Bilasiz wordpress ning standart holatida yaratilgan saytlarda, nashr qilingan maqolalar, kontentlarni alohida bo’limda qoldirib, bosh sahifadan yashirish imkoniyati yo’q. Aynan shu holat ko’pchilik sayt yaratuvchi boshlang’ich bosqichdagi dasturchilari yoki blog sayt yurutuvchilari uchun muammo hisoblanadi. Tasavvur qiling umuman boshqa-boshqa mavzudagi maqolalaringiz saytingiz bosh sahifasida kasha bo’lib yotibdi. Ular ichida ayrimlarini bosh sahifadan yashirib qo’yishlik bilan saytimizni biroz tartibga keltirib olsak bo’ladi. Lekin qanday qilib? Endi bu muammoni yechish juda oson.

Nima qilish kerak?

  1. Dastavval saytning bosh sahifasidan yashirish kerak bo’lgan maqolani bir bo’lim yaratib unga ko’chirib o’ting.

2. Ultimate Category Excluder plagini saytingizga o’rnating va faollashtiring. Keyin esa saytingiz sozlamalar bo’limidan Category Excluder bo’limiga kiring.

biliboltv.uz

U yerda saytingizda yaratilgan bo’limlar chiqadi, va undan tashqari 4 ta ustun ko’rinadi.
— Bo’lim nomining ro’parasidagi birinchi qator (Exclude from Front Page) ustunini belgilasangiz, o’sha bo’lim ichidagi maqolalar saytning bosh sahifasida ko’rinmaydi;
— Bo’lim nomining ro’parasidagi ikkinchinchi qator (Exclude from Feeds) ustunini belgilasangiz, o’sha bo’lim ichidagi maqolalar saytingiz RSS tasmasida ko’rsatilmaydi;
— Bo’lim nomining ro’parasidagi uchinchi qator (Exclude from All Archives) ustunini belgilasangiz, o’sha bo’lim ichidagi maqolalar saytingiz arxivida ko’rsatilmaydi;
— Bo’lim nomining ro’parasidagi uchinchi qator (Exclude from Search) ustunini belgilasangiz, o’sha bo’lim ichidagi maqolalar saytingiz tarkibidagi qidiruv qismidan izlanganda ko’rsatilmaydi;

Mana bugun sizga ushbu maqolam orqali, wordpress saytidagi ayrim bo’lim ichidagi maqolalarni bosh sahifadan yashirish yo’lini qo’limdan kelganicha tushuntirib o’tdim. Keyingi maqolalarimda yanada qiziq bo’lgan qulayliklarni nashr etishga harakat qilaman. E’tiboringiz uchun tashakkur!

Maqola muallifi: Shohjahon Mahammadjonov
04.12.2020

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *