Saytlarda nashr etilgan maqola va rasmlarni ko’chirib olishdan himoyalash mumkinmi?

WordPress saytlarda yaratilgan saytlarda nashr etilgan maqola matni va rasmlarini ko’chirib olishdan himoya qilish mumkin. Buning uchun professional dasturchilik mahorati talab etilmaydi. Hattoki dasturchilikdan habari bo’lmaganlar ham bu ishni eplay oladi. Albatta maxsus plaginlar orqali. Kontentlarni himoyalash uchun ko’p plaginlar bor ularni aksariyatlarini ko’p funksionalligini quyigagi usul bilan tekshirib ko’rishingiz mumkin. Internet brauserlariga ishlab chiqilgan maxsus plaginlar yordamida, kontentlari himoyalangan ma’lum bir saytga kirib, sayt tarkibidagi JAVA SCRIPT ni brauseringizda ishlash imkoniyatini o’chirib qo’ysangiz bas. Barcha kontentlarni ko’chirib olsangiz bo’ladi. Yoki Ctrl+P ni bosib sahifani html formatda yuklab olib kontentlarni o’g’irlash mumkin.

Unady holda ishonchli plaginni o’zi bormi?

Bor albatta. Kontentlaringizni professional tarzda himoyalash uchun sizga WP Content Copy Protection & No Right Click (Premium) plagini tavsiya etaman. U orqali saytlarda quyidagi konopkalarni bloklash mumkin.

  • Kompyuter sichqonchasining o’ng tarafini;
  • F12 tugmasini;
  • CTRL + A
  • CTRL + C
  • CTRL + X
  • CTRL + S
  • CTRL + V
  • CTRL + P
  • CTRL + U.

Bundan tashqari, plagin o’rnatilganidan keyin taqiqlangan knopkalar bosilganda chiqadigan hatolik so’zlarini istalgan tilga tarjima qilib olishingiz ham mumkin. Plagin yordamida yoqilgan hinoyalar admin profilida ekanligida ishlamaydi. Plaginni faollashtirib olgandan so’ng Watermark imkoniyatini to’g’ri sozlab oling yoki o’chirib qo’ying.

Watermark sizga saytingizdagi rasmlarga saytingiz nomi yoki istalgan nom bilan pechat bosish imkonini beradi.

Bu plaginni o’rnatib olgandan so’ng sayt kontentlarini umuman ko’chirib bo’lmaydimi?

Professional dasturlash imkonsiz nasrsani qoldirishi qiyin. Ko’chirib olishi mumkin, lekin bu hammaga ham emas. Bu plaginlar ichida kontentlarni maksimal darajada himoya qiluvchisidir.

Qanday qilib ishlatish mumkin?

Shunchaki plaginni wordpress saytingizga o’rnatib oling va uni faollashtiring. Saytingiz sozlamalar bo’limi qatorlaridan WP Content Copy Protection & No Right Click (Premium) ga bosib uni o’zingizga moslab sozlab oling.

Plagin pullikmi?

Ha bu plaginning pro versiyasi va uning narxi $49. Savdo maydoniga havola: https://www.wp-buy.com/product/wp-content-copy-protection-pro/
Lekin bu plaginni siz uchun men bepulga beraman. Ha rost mutlaqo bepul.

Qayerdan yuklab olish mumkin?

Mana sizga pullik plaginning bepul yuklab olish joyi Yuklab olish . Osh bo’lsin)

Plagin haqida fikrlaringizni yozib qoldirishingiz mumkin.

Maqola muallifi: Mahammadjonov Shohjahon

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

тринадцать − 2 =

error: Kechirasiz: Kontentlar himoyalangan !!