Andijonda kreditga olingan 149 tonna kartoshkani sotib, pulini talon-toroj qilgan shaxslar ushlandi

Andijon tumanida 149 tonna kartoshkalarni sotib, pulini talon-toroj qilib yuborganlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Andijon tuman bo‘limi tomonidan “Agrobank” ATB Andijon viloyati filiali va Andijon tuman hokimligining murojaatlariga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, Andijon tumanidagi “Kuyganyor dehqon bozori” MChJ rahbari U.X. va boshqalar qish-bahor mavsumida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxira qilish maqsadida “Agrobank” ATB Andijon filiali tomonidan ajratilgan kredit mablag‘i hisobidan xarid qilingan 646,6 mln so‘mlik 149 tonna kartoshkani sotib yuborib, sotuvdan tushgan pullarni kredit qarzdorligini so‘ndirishga yo‘naltirilmasdan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan U.X. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan Qashqadaryoda 75 mlrd so‘m budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani, bosh prokuror O‘zbekistonda 2020-yil yer bilan bog‘liq masalalarda qancha mansabdor javobgarlikka tortilganini ma’lum qilgani hamda Buxoroda fermer xo‘jaliklariga ajratilgan salkam 150 mln so‘mlik dizel yoqilg‘isini talon-toroj qilgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.

Manba: Daryo.uz

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.

error: Kechirasiz: Kontentlar himoyalangan !!